I Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va 1 I «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi я
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni
527
rag'batlantirish maqsadida ustamalar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog'liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariningqarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o'z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga ega bo'ladi.