Maktabgacha pedag



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Maktabgacha pedag

Mas’ul muharrir:
Z.R.QODIROVA, Xalqaro pedagogika Akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor


Taqrizchilar;
Pedagogika fanlari doktori, professor: Sh. Q. Mardonov Psixologiya fanlari doktori, professor: N. S. Safaev


ISBN: 978-9943-24-220-3
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi “274" - sonli buyrug'iga asosan O'zbekiston Respubli- kasi Vazir/arMahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.
© “Tafakkur" nashriyoti, 2019 yil.
© F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova,
M. Kayumova, M. A’zamova, 2019 yil.


KIRISH




Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga­cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil- lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish- larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta- lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana­da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush- bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e’tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta'lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- qalari, turli xil maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta’lim tizimi to- monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu­judga kelish tarixi, maktabgacha ta’lim didaktikasi, Maktab­gacha ta’lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida


3




Konvensiya"ni ta’lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na­zariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metodi va yo'1-yo'riqlari nazariy jihat- dan tahlil qilingan. “Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol- da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar- ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da- rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogi­ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na­zariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va mak­tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu- ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabga­cha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabga­cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil­ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pe­dagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta’minlashga, uning mazmunini


4




pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o‘z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillikyillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli­yat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.


5


  1. BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING ASOSLARI



  1. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin