Maktabgacha pedag


MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə5/213
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#192798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Maktabgacha pedag

MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomi- ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya- ning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi- laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya- tini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj- lanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didak- tik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariya- siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda peda­gogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbi­yaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa- niga asoslanadi.




Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirish- da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat- larni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo- sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi- rinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi- larning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozir­gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar- ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari- ni shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. 0‘sib bo- rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat- larining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiya­si ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv siste­masining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pe­dagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da yordam beradi.





13




Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pe­dagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida- gi ma'lumotlar muhimdir, Shunga ko'ra pedagogikaning psi­xologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av- valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogi­ka tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bi­lan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta’lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabga­cha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pe­dagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.






Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin