Adabiyotlarni o'rganish metodi - Pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasi- ga va ma'naviyatga doir adabiyotlar, tadqiqot mavzusiga doir darsliklar, monografiyalar, risolalar va maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik tadqiqotlar, dissertatsi- yalar o'rganiladi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi.
Kuzatish metodlari- Kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning das- turi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi- yatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilana- di. Kuzatish muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish - qisqa kuzatish obyektning kundalik faoli- yatdagi o'zgarishlaridan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish - qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib
31
borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniye va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining sa- maradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi- Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'rililigiga qa- rab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. O'rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi.