Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti LAKarimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch'' asa- rida haqli ravishda ta'kidlanganidek, “Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'Isa, kasblarning ichida eng sharafli- si o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni ha- qiqatni aytgan bo'lamiz”1.
Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qa- ratadi.
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan av- valo, ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta’lim-tar- biyasiga mas’ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo'lgan munosabat o'zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o'z navbatida o'ta mas’uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e’tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayot- gan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun ja- honda ham katta e’tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta’mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Т.: Ma'naviyat, 2008.
50
Shaxsning ta’Iim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanli- gi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omili- dir. "Ta'lim-tarbiya" - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong da- rajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib boimaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashti- rish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta’minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajri- basi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega boigan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taiimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumtaiim maktab bosqichini va 3 yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta’lim bosqichini o'z ichiga olgan uz- luksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'lim tizimiga o'tish yakunlanmoqda.
51
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida ga- pirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yana- da oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda davlat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat ta’lim-tarbiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi- da katta kuch va mablag' hisobidan ta’lim sohasida barpo etil- gan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi kerak, deb o'ylayman”.
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi- yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun- gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu- tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari- ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za- min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad- birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan "Ta’lim to‘g'risida”gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturningtarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa- rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra- tik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya modelini amaliyotga tatbiq etish o'quv jarayonini texnologi- yalash bilan uzviy bog'liqdir.
52
Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
New technology in education is playing a big role in classes. One of the most affordable and effective is a simple video recorder. With the use of a video recorder kids can see the mistakes they're making in things such as a throwing motion or swinging form. Studies show that students find this more effective than having someone try to explain what they are doing wrong, and then trying to correct it. Yangi tehnologiya ta'lim berishda muhim rol o'ynaydi. Eng samarali usullardan bin bu video tasvirlar hisoblanadi. Ushbu video lavhalar orqali bolalar bajarayotgan harakatlari ichida nimani xato bajarayotganini bilib olishlari mumkin. Ushbu tarbiya usuli shuni ko'rsatadiki, bollalarning qilayotgan notog'ri harakatlari kimdir tomonidan tushuntirilgandan ko'ra, o'zlari xato qilayotganiga amin bo'lib, ularni o'zlari to'g'irlashga harakat qilishlari ko'proq samara beryapti.
Researching Effective Pedagogy in the Early Years Institute of Education University of Lon