Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari - ta'limga tarbiyachi va bolaning o'zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabatda bo'lishi tamoyilida: majburlamasdan o'qitish foydalanishi (tayanch signallar), o'z-o'zini tahlil qilish, guruh- ning intellektual foni; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi, shaxsga yo'naltirilgan ta'limni o'z ichiga oladi.
Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga ta- komillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilimlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi. Bu tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta'lim-tarbiya jarayonida muloqotining altruistik (o'zining shaxsiy qizi-
62
qishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo'llash zaruriyatini qo'yadi.
Bu jihat - pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan, uni nazorat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib, tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko'ra erkin tanlash huqu- qini beradi. Bunda: Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish; Bola va pedagog o'rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatla- rini rivojlantirish; Munosabatlar tizimining o'zaro hurmat tarzda shakllanti- rishga e'tibor qaratiladi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:
Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu- nosabatlarda o'zining "Men” mezoni bo'yicha shaxsiy rivoj- lanishinmg ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisoblanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi. bosqich - oiladagi muhit. Bolani o'rab turgan muhit bilan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq- lanadi. Bolaning faolligi muhitga boigan ehtiyojni qondirishiga yo'naltiriladi.
bosqich - vaziyatdagi voqelik - bolani boiib o'tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga toiiq qaram- ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega bo'ladi.
bosqich - vaziyat ustidagi voqelik - bolani vaziyatlar oqi- mi ta'siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tu- shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.
bosqich - o'zidagi voqelik - bola o'z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasi- dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men"ini namoyish etadi.
bosqich - bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr- qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.
63
Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni - bola tomonidan insoniyat o'zlashtirilishini ta’minlovchi rivojlanish- ni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta'lim berish jara- yonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma'naviy o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.