Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj- lantirishda - psixologik qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv - bolaning muammolarini tushu- nishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi - bola va kattalar o'rtasidagi kundalik pedagogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno- sabatlarni rivojlantirishdir.
Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:
Bolaga o'ziga va pedagogga bo'lgan ishonchni oshira borib, unga samimiylik, g'amxo'rlik va mehr-muhabbat namoyon etadi;
Bolaning o'z-o'zini baholashni mustahkamlash va aha- miyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;
Bolada xato qilish qo'rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy his- siy bo'shliq yaratadi;
Bolaning omadsizliklariga diqqatni to'xtatmay tushunib (norozilik bilan emas] qaraydi, uning yechimini topishda bola bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxsga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida “katta bola" mu- nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa, ta'lim oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga egadir- lar.
Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga hal qilib yo'l ko'rsatadi.
Psixologik qo'llab-quvvatlash pedagog va bola o'rtasidagi hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi. Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tamoyili.Bola va pe- dagogning hamkorlikdagi tubdan o'zgartirilgan (ko'rgazmali
yalashga yo'naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunini hayotiy bo'shliqda qimmatli ahamiyatga ega boigan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi. Tubdan o'qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv;
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o'qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi]
Psixologik yondashuv - insonning rivojlanishi va bilim- larni o'zlashtirishi psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqadi.
Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Galnerin, N. F. Talo'zin) - rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;
Akmeologik yondashuv - (grekcha so'zdan olingan bo'lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o'qish degan ma’noni bildiradi)
Uning asl mohiyati - o'qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayotiy mazmunini o'zgartiradi, o'ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajara- di. Ilmni o'rgatishga o'tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv boigan olamni anglashdir.