Rahbar o’z
huquq va vakolatidan
umumdavlat manfaatlarini jamoa va
xodimlarning shaxsiy manfaatlari
bilan uyg’un
olib borishda mohirona
foydalanish zarur. Ammo davlat
manfaatlariga putur etkazmasdan,
shaxsiy
manfaatlar umum
manfaatlarga bo’ysinishi lozim.
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf
etish degani- bu boshqarishning barcha
unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng
avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi
va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida
tashkil qilishi lozim:
Ishlab chiqarishni faqat jamoada
obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina
yaxshi boshqaraoladi.
Ayni paytda
shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat
xizmat mavqei bilan emas, balki,
avvalo, bilim, tajriba,
ishga va
xodimlarga munosabat bilan
orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday
vaziyatda hamo’zini tuta
biladigan,
odobli va xushmuomala bo’lishi
zurur. O’z
xatti- harakatini nazorat
qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini
tiya biladigan, yurish turishida
bo’ysinuvchilarga o’rnak
ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.