Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari Mudiraning ishini tematik tekshirishda: ajmudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Mudira o'z vazifasida turli yosh guruhlarining hamma rolini, jarayonlari bilan alohida kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi-metodist huddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo'llarini tekshiradi. Sharoitning yaratilganligi;
v) tekshirilgan mavzu bo'yicha Pedagogik kengashda birgalikdagi muhokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlashini o'stiruvchi vositalar; Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o'zi bilan muhokama qilinadi, keyin Pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochiqchasiga, oshkora holda chaqiriladi.
641
Kerakli yo'llanma, metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud: 1) birlamchi; 2) ikkilamchi; 3) katta tekshiruv; 4} ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud. Maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tekshirish yakuni bo'yicha АКТ tuziladi. Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo'yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim- tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy-metodik, moliyaviy-xo'jalik faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o'rganib, muassasa faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi. Akt 2 nusxada tuziladi: birinchisi Tuman Maktabgacha ta'lim bo'limiga, ikkinchisi bolalar muassasiga. Kuzatish sxemasi quyidagicha: Kuzatilgan jarayon. Kuzatilayotgan kun, yil, oy. Ish mazmuni. Tayyorgarlik. Bolalarning bilim, ko'nikma va malakasi. Tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi. Qo'llanilayotgan usul va usublar. Yutug'i. Kamchiligi. Taklif va mulohazalar. Tayanch tushunchalar: Patronaj - bolalar sog'lig'ini doimiy ravishda kuzatib boruvchi hujjatdir.