Maktab ta'limiga tayyorlashda bolalar faoliyatini tashkil etishning ahamiyati Zaruriy faoliyatning barcha turlarini yanada takomillashtirish va shu asosda qimmatli ma’naviy sifatlar: mustaqillik, uyushganlik, jamoatchilikni shakllantirish, maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Faoliyatga qatnashish maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantiradi. Tarbiyachining rahbarligi faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish usullarini yanada boyitishga, faoliyatni birgalikda rejalashtirish, faoliyat jarayonida hamkorlik hissi, umumiy intilishlar bilan ma'lum natijalarga erishish xulosalarini shakllantirishga yo'llangan bo'ladi. O'yin faoliyatida:
O'yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks ettirish;
O'yinda kelishish;
390
Syujetni hamkorlikda aniqlash;
Rollarni haqgo'ylik bilan taqsimlash;
O'yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;
Syujet mazmunini faol rivojlantirish;
O'yinda bir-birini tushunishga erishish;
Do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash;
O'yinning ma’nosini to'liq amalga oshirish;
O'yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib borib qo'yish;
O'yin qoidalariga to'liq rioya qilish kabi ko'nikmalar o'yin faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi.