UZLUKSIZ TA’LIMNI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak in- tellektning nufuzi;
ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadri- yatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;
ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madani- yat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va bo- yitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hur- matlash;
ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayon- ning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;
56
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olish- lari uchun zarur sharoit yaratish.
Uzluksiz ta'lim turlari. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshi- riladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqa- ro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik us- lublarini izlash va joriy etish;
Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;
Zamonaviy o'quv-uslubiy qoilanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqa- rish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy- tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha ta’lim va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalari- ni ishlab chiqish.
57
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining ish mazmuni va vazifa- si o'quvchilarga fan asoslarini o'rganish, ularda ijtimoiy faoli- yatni tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limiga ularni tayyor- lashdan iboratdir. Umumiy o'rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir:
Umumiy o‘rta i
ta’lim
bosqichlari | i Boshlang'ich
ta’lim
{1-4 sinflar)
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxon- lik, bilim, ko'nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o'rta ta’lim boshlang'ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o'quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o'rta ta'lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tash- kilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko'nikmalarini rivoj- lantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o'rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo'nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-in- ternatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo'nalishlar bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil etish mumkin.
O'rta maxsus kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’limning tarkibi bo'lib, uning vazifasi va ish mazmuni o'quvchilarga muayyan
Tayanch ta’lim (5-11 sinflar)
58
yo'nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar maiumotini berish va ularda bu boradagi amaliy ko'nikma va malakalarni shakl- lantirishdan iboratdir. O'quvchilar to'qqiz yillik umumiy-maj- buriy ta’limni tugatganlaridan so'ng yana uch yil o'rta max- sus yoki kasb-hunar ta’limini ixtiyoriy tarzda o'zlashtiradilar. O'rta maxsus kasb-hunar ta’limi akademik litsey va kasb-hu- nar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb- hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixti- soslik faoliyati yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom et- tirish uchun asos bo'luvchi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini beradi.
Akademik litsey o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal o'stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mu- taxassislikka yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litsey o'rta maxsus uch yillik o'quv yurti hisoblanadi. Ushbu o'quv yurtida o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalish bo'yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o'zlashtirish imkoniyatiga ega boiadilar. Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi- yotini belgilaydigan omillardir. Shunday o'quvchilar borki, ular o'rta ta’lim jarayonida ma’lum yo'nalish bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini, iste'dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to'g'ri yo'naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga iqtidorli, iste'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tan- langan kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha bir yoki bir necha ixti- soslik maiumotini olishni ta'minlovchi hamda uch yil davo- mida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta'limini yoiga qo'yadigan o'quv yurtidir.
59
O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g'risida"gi Qonuniga ko'ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi teng- dir. Mazkur turdagi o'quv yurtlarida tahsil olgan o'quvchilar oliy o'quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo'nalish bo'yicha faoliyat ko'rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foy- dalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari bilangina bir-biridan ma’lum ma’noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari turli yo'nalishlarda tashkil etiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb- hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar ni- malarda ko'rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o'quv ja- rayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordamida tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tay- yorlashdan iboratdir. Ta'lim jarayoni jahon talablariga javob beruvchi, istiqbolni ko'zlab chiqilgan o'quv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chiqilgan o'quv dasturlari o'zidan oldingi ta'lim bosqichi umumiy o'rta ta’lim maktablarini o'zidan keyingi bosqichda turgan oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro bog'liqlikda bo'lib, ta’limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to'la mos keladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining sa- viyasi yuqoriligi va ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiya- ning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o'quv- uslubiy qurollar, ko'rgazmali vositalar, axborot texnologiya- lar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qiladi. O'quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxas- sislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o'quv yurtlarida
60
har hududning o'ziga xos jug'rofiy va demografik shart-sha- roitlari va mutaxassislarga bo'Igan ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim asosida amalga oshiriladi. O'quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish taiimi o'quv muassasasining ustaxonalarida va ishlab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog'liq holda olib boriladi.
Umumiy o'rta maktablarning to'qqizinchi sinfini tugatgan- laryakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o'quvchi tomonidan yig'ilgan reyting ko'rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo'nalish bo'yicha o'qishni davom ettiradilar.
MAKTABGACHA TA'LIM KONSEPSIYASI Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ish- lari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog'liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta'limning milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta’lim konsepsiya- si ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi - bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimidagi ustuvorligini ta'minlovchi Konseptual Nizomdir.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - maktabgacha ta’limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi - maktabgacha ta’limni 2008-2020 yillarga moijallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.
to'g'risida"gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg'or ilmiy g'oyalar tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi ustuvor tamoyillarga:
Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta’lim;
Hamkorlik pedagogikasi asoslari;
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;
Psixologik yondashuv;
Qayta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasi;
Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tizimiga tayanadi.
Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaga ta’lim-tarbiya berishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim modeli ustuvor sanaladi.
Shaxsga ongli ravishda yondoshishnining maqsadi rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida "o'zgartirish emas”, balki uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilish uchun sharoityaratishni ko'zlaydi. Bu tamoyilda - pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas, balki uning shaxsiy tatbiq etish vositasi sifatida namoyon bo'ladi.