Sana: 28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik turmush bo`lar chiroylik



Yüklə 380,17 Kb.
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü380,17 Kb.
#169193
  1   2   3   4   5   6
TARBIYAVIY ISH MARUZA 4


Sana:__________
28-mavzu:Mehnatdan kelsa boylik turmush bo`lar chiroylik (Tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligi doirasida)
Kun shiori:“Sharq Rafaeli”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tasviriy san’at, mehnat, musiqa fanlari oyligida faol bo`lishga, bor iste’dod, iqtidorlarini ko`rsatishga bo`lgan imkoniyatlardan foydalanishni uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Navoiyning shogirdi, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzod ”

O`qituvchi:
Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg`onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug` musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir.
Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o`zining barakali hissasini qo`shgan zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455 yilda Hirotda, kambag`al hunarmand oilasida dunyoga kelgan.
Behzodning buyuk musavvir, naqqosh va niniatyurasoz bo`lib yetishuvining muhim omillaridan biri – bu uning XV asrning ikkinchi yarmida mashhur shoir Alisher Navoiyning nazariga tushib, badiiy-g`oyaviy va estetik jihatdan ulug` mutafakkir va homiy dahosidan bahramand bo`lganligidadir.
San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo`lgan Behzod g`oyatda mehnatsevarligi, zahmatkashligi, o`tkir aqlu zakovati tufayli iste’dodi kundan-kunga ortib bordi va tez orada Hirotda mashhur musavvir bo`lib tanildi. Alisher Navoiyning maktabdoshi va do`sti, podshoh Sulton Husayn Boyqaro Behzodni o`z huzuriga – saroyiga jalb qilib, unga saroydan maxsus joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug`ullanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib berdi.
Behzodning ijodiy merosini o`rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma’lum bo`lgan asarlari taxminan o`ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashhurlari quyidagilardir:

  1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” siga ishlangan miniaturalar.

  2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqadagi 40 dan ortiq go`zal miniatyuralar.

  3. Abdurahmon Jomiyning “Solomon va Ibsol” asariga ishlangan rasmlar.

  4. Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyuralar.

  5. Sa’diyning “Bo`ston” asariga ishlangan go`zal rasmlar.

  6. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar.

  7. Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan rasmlar

  8. Sa’diyning “Guliston” asariga ishlangan nafis miniatyuralar.

  9. Abdurahmon Jomiy tasviri.

10.Husayn Boyqaro tasviri.
11. Shayboniyxon tasviri.
12. Shoh Taxmasp tasviri.
13. Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri.
14. Tuyalar jangi.
15. Raqsi darvish (darvishlar raqsi)
16. Samarqand madrasa qurilishi va hakozalar.

Yüklə 380,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin