Topshiriq: “Iste’dodingni namoyish et” mashqi. O`quvchilar uchta guruhga bo`linadilar.
I-guruh: “Bahorni tasvirlash” rasm orqali.
II-guruh: “Kashta tikish” birorta materialga.
III-guruh: O`zbek milliy musiqasini ijro etish.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish. MMIBDO‘: ______________________
Sana:__________ 29-mavzu: Yurtimiz favvoralari(1-may favvoralar kuni munosabati bilan).
Kun shiori:“Shahrimizdagi favvoralar” Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, suvni tejashni va undan to`g`ri foydalanishni uqtirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“O`simliklar olami, hayvonot dunyosi va odamzod hech qachon suvsiz yashay olmaydi”
O`qituvchi: Suv – hayot manbai, suvsiz yashay olmaymiz deymiz. Xo`sh, suv o`zi nima?
O`zga sayyoralardagi hayot izlarini topishga uringan olimlar o`z tadqiqotlarida ko`pincha: “U yerda suv bormi?” degan savolga javob berishdan boshlashadi. Bilamizki, suvsiz hayot bo`lishi mumkin emas.
Suv bu-ta’msiz, hidsiz, rangsiz suyuqlik bo`lib, u barcha tirik mavjudotlar tarkibidagi eng asosiy hayot manbai hisoblanadi. Suv tuproqda ham, havo tarkibida ham bor. Tirik organizmlar faqat suvda erigan ozuqani iste’mol qiladilar. Tirik to`qimalar asosan suvdan iborat bo`ladi. Xo`sh, unda suvning tarkibiga nimalar kiradi? U faqatgina ikkita gaz qo`shilmasidan iborat, bular juda yengil vodorod va undan salgina og`irroq hamda faolroq bo`lgan kisloroddan tarkib topgan. Vodorod va kislorodning yonishidan suv hosil bo`ladi.
Aksariyat moddalar kabi suv ham uch xil holatga ega bo`ladi: suyuq (oddiy holati), “muz” deb ataluvchi qattiq holati va gazlangan bug` holati. Suvning holati uning haroratiga bog`liq. 0 gradus haroratda suv suyuq shakldan qattiq shalga shaklga o`tadi yoki muzlaydi. 100 gradus haroratda suv suyuq shakldan gaz holatiga o`tadi. Ana shu ko`rinuvchan holatdan ko`rinmas holatga o`tish jarayoni “bug`lanish” deyiladi.
Agar issiq xonaga muz parchasini keltirib qo`ysangiz, u eriy boshlaydi. Demakki, xonada issiqlik yetarli paytida muzlagan suv eriydi va ko`p o`tmay bug`lanib, yo`qoladi. Suyuqlik suv bug`iga aylanadi. Tabiatda barcha shakldagi suvlar tarkibida erigan mineral tuzlar va mayday organizmlar bo`ladi, shu sababli ham suvni sof holda uchratib bo`lmaydi.
“Hamma…hamma narsa haqida ” dan.
Suv nima ekanligini bilib oldik. Umuman, suv bizning kundalikda hayotimizda asosiy rolni egallaydi. Suvning turlari buloq suvlari, daryo suvlari, vodoprovod suvlari, ayniqsa, bugun do`konlarimizda turli qopqoqli suvlar xalqimizga qulaylik tug`dirmoqda. Bizga hayot inom etayotgan, pok yurishimizga asos bo`layotgan suvni doim tejab ishlatishni o`zining asosiy burchi deb bilishi shart.