Maktabgacha pedagogika fani bo'yicha izohli lug'at Yondashuv - bu pedagogik faoliyatning o'ziga bog'liq bo'lgan g'oyalar, tushunchalar va usullar majmuyini qo'llashga undaydigan inetodologik yo'naltirish.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv- pedagogning butun diqqat-e’tiborini bola shaxsining yaxlitligiga qaratilishi, uning nafaqat aql-zakovati, fuqarolik mas’uliyati hissi, balki emotsional, estetik, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish g'amxo'rlik qilishga yo'naltirilgan yondashuv.
Individual yondashuv- ta'lim beruvchining guruhdagi har bir faol harakati va dam olish paytida barcha ehtiyojlarini e'tiborga olish zarurligini anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o'qitish muhiti har bir bolaning rivojlanishiga xizmat qilishini hamda mo'ljallanayotgan faoliyat turlari bolalar rivojlanishidagi farqni e'tiborga olishini bildiradi.
Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti- bola rivojlanishi- ni ta’minlaydigan shart-sharoitlar (o'yinlar, o'yin predmetlari va jihozlari, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, bolalarning turli faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun mo'ljallangan uskunalar) o'zaro bog'liqligini belgilab beradigan hal qiluvchi ko'rsatkichlar.
Inklyuziv ta’lim- har bir bolaning, shu jumladan, alohida talab-ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatiga ega ekanini ko'zda tutuvchi ta’lim turi.
Model (lotincha - me’yor, namuna) - hodisa yoki jarayonning tabiat va jamiyatdagi tavsifi.