Maktabgacha pedag


Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy jarayonning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə117/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   260
F

Maktab ta'limiga tayyorlashda ta'lim-tarbiyaviy jarayonning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar o'ziga xos xususiyatga ega. Bu o'ziga xoslik maktab ta'lim- tarbiya ishlaridan nusxa ko'chirish emas, balki bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o'kishi uchun zarur bo'ladigan og'ishmay shakllantirishga mo'ljallangan faoliyat va xulq- atvorni maxsus tashkil etishdir. Bu bolalar faoliyatining barcha turlarini murakkablashtirishda, bolalar tomonidan amalga oshirishning murakkab usullarini egallashlarida, faoliyat jarayonida hamkorlikning yangi usullarini o'zlashtirishda, bolalar faoliyati va xulq-atvorining jamoatchilik yo'nalishini rivojlantirishda, ijtimoiy-foydali asoslarini ilgari surishda namoyon bo'ladi. Bu jarayon bo'lajak maktab majburiyatlarini hisobga olib talablarning so'zsiz ortib borishi bilan ifodalanadi. O'z ahamiyatiga ko'ra bolalarning mustaqilliklari, o'yin, o'qish va mehnatning sifat va natijaliligi birinchi o'ringa chiqadi. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  • Kun tartibining o'zgarishida - bola yuvinish, kiyinish, ovqatlanish jarayonlarini tez sur’atda bajarishga o'tadi, faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga tezroq moslashadi. Tarbiyachining bolalar bilan muloqot usuli o'zgaradi, o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatiga xos ayrim xususiyatlarni kasb etadi(bolalarga qo'yiladigan talab ortadi, ularda mustaqillik rivojlanadi). Bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga, o'qishga ishtiyoq, qiziqish sezilarli darajada kuchaydi. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim.


386





  • Maktabgacha ta’lim muassasasidagi mashg'ulotlar vaqti ortadi. Bunda bolalarni voqelikning turli sohalari haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish va to'g'ri dunyoqarashni shakllantirishga oid ishlar olib boriladi. Bolalar bilimlarini o'rganilayotgan narsa va hodisalardagi muhim belgi hamda munosabatlarni ajratish asosida yanada umumlashtirish va tizimlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.

Bolalarni maktabda o'qishga tayyorgarligining yana bir muhim tomoni - atrof-olam, narsa va hodisalarni tegishli mezonlardaumumlashtirava tabaqalashtira bilish hisoblanadi. Istalgan o'quv fanini egallash bolada mazkur o'quv o'quv fanida ko'rib chiqilayotgan voqelikhodisalarini ajratish va uni o'z bilish obyektiga aylantirish qobiliyatining mavjud boiishini nazarda tutadi. Bu tizimlashtirish, umumlashtirish, tahlil qobiliyati maium darajada rivojlanishini talab qiladi. Asosiy maqsad


  • olingan bilimlar ko'magida mazkur masalalarga nazriy yondashuv masalalarini shakllantirishga yordam beradigan umumiylashtirilgan tasavvur va elementar tushunchalarning tarkib topishini ta’minlashdir.

Bolalarning maktabda savodini chiqarish uchun tayyorgarlikka oid jadal ish olib boriladi, bu sohalar bo'yicha dastur talablarini egallash, keyinchalik matematik rivojlanishlari muhim boigan butun sonlar qatori, qonuniyatlari, bolalar uchun yangi voqelikning miqdoriy tomonlarini bilish vositasi sifatida o'lchov faoliyati, qism va butun, o'lchov va o'lchash o'rtasidagi funksional bogiiqliklar va shu kabilar haqidagi qoidalarni anglashlarida yordam beradi. Bular bolalarning 1-sinfdagi matematik bilimlar mazmunini ongli, faol egallashlarini ta'minlaydi.

Nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik mashg'ulotlarida - bolalar nutq va til voqeligi sifatidagi yangi lingvistik munosabat asoslarini o'zlashtira boshlaydilar. Bolalar tomonidan nutqning tuzilishi, uning og'zaki va tovush tarkibini oddiy o'zlashtirish sodirboiadi,so'ztilvoqeligideganilktasavvurtarkibtoptiriladi. Kesma harflar yordamida tovush-harf, bo'g'in tuzishga va uni


387





o'qishga o'rgatiladi, namunadagidek turli so'zlarni yozish, chizish masalalari shakllanadi. Bolalar tegishli atamalar: gap, tovush, bo'g'in, harf, so'z tarkibi kabilarni egallab oladilar. Bu ish maktabda savodni egallash va ona tilini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.


Mashg'ulotlar jarayonida bolalarning analitik-sintetik faoliyatlarini rivojlantirishga tahlil, umumlashtirish, qiyoslash, tasniflash usullarini takomillashtirishga doimo e'tibor qaratiladi. Bunda bolalarni bevosita bilishdan bilvosita bilishga ko'chirishning roli kattadir. Bu yoshdagi bolalar kattalarning miqdoriy o'zaro munosabatlarining o'lchashlar vositasidaaniqlashni, narsalarni ko'rib chiqish yoki qiyoslashda kuzatishlar chizmalaridan foydalanishni, narsalarning sifat va xususiyatlarini baholashda ijtimoiy ishlab chiqilgan etalonlardan foydalanish kabilar o'rganib boriladi.

Mashg'ulotlarda bolalarda o'quv faoliyati va uyushgan xulq- atvor malakalarini maqsadga muvofiq shakllantirish davom ettiriladi. Bunda bolalarning:

  • O'quv vazifalarini qabul qilish ko'nikmalari;

  • Tarbiyachining tushuntirish va ko'rsatmalariga muvofiq harakat qila olishlari;

  • Butun mashg'ulot davomida mashg'ulot mazmuniga qiziqish;

  • Diqqat-e'tiborni saqlash;

  • Ishni oxiriga yetkaza bilish;

  • Vazifani bajarish jarayoni va uning natijasini topshiriqqa muvofiq baholash;

  • Tarbiyachi savollariga baland ovozda mantiqli javob berish;

  • O'z fikrini tushunarli va savodli ifodalay olish jihatlari ish samaradorligi belgisi hisoblanadi.

Tarbiyachi bolalar mustaqilligini rivojlantirar ekan, ular o'z faoliyatlarini rejalashtiradi hamda izchil tarzda o'rganib boradi. Bu ko'nikmalar barcha faoliyat turlarida amalga oshirilib, bolalar dastavval tarbiyachi tomonidan taqdim etilgan reja asosida harakat qilishni, so'ngra tarbiyachi bilan


388





birgalikda reja tuzishni, so'ngra o'z faoliyatlarini mustaqil rejalashtirishni o'rganadilar. Bolalar faoliyatining natijaliligiga talab ortib boradi. Tarbiyachi ish natijalarni baholashda quyidagilarni nazarda tutishi lozim:


  • Bola tomonidan topshiriqni bajarishdagi aniqlik;

  • Bajarilgan ish sifati;

  • Ishning zarur sur'atini saqlash ko'nikmasi;

  • O'zini-o'zi nazorat qilish.

O'zini-o'zi nazorat qilish ta'sirini tarbiyachi asta-sekin natijani nazorat qilishdan topshiriqni bajarish jarayonidagi harakat usullarini nazorat qilishga va so'ngra nazoratdan oldingi elementlarga tomon rivojlantiradi.

Maktabgacha taiim muassasasidagi taiim-tarbiya va pedagogik jarayonlarda o'qitish muammolarini ilmiy asosda ishlab chiqqan pedagog olimlar (A.P.Usova, N.B.Mchedlidze, V.I.Loginova, Yu.K.Batanekib va boshqalar) "Pedagogik jarayon yaxlit, dialektik va rivojlanuvchi hodisadir. Uning rivojlanish jarayonida asosiy tashkil qiluvchi qismlari: tarbiya va o'qitish, bolalarning uyushtirilgan va mustaqil faoliyatlari, ayrim faoliyat turlari (o'yin, o'quv, mehnat) o'rtasidagi nisbat o'zgaradi" - deb ta'riflanadi14.

Tarbiyachi bolalarga tanishtiradigan ijtimoiy hodisalar sohasi jiddiy kengayadi. O'zbekistonning qadimiy shaharlari, Buyuk Ipak yo'li, O'zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog'i, madhiyasi haqida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidanboshqarilishi,buyuksiymolar,mashhursarkardalar, xalq amaliy san’ati, an'anaviy bayramlar haqidagi bilimlarga tayanadi.

"Konstitutsiya saboqlari" bu ilk iqtisodiy tarbiya mashg'ulotlari orqali boiajak o'quvchilarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya shakllantiriladi. O'zbekistonning o'z milliy so'mi va iqtisodiyot saboqlarining ilk elementlari hodisalarga qiziqishlarini rivojlantiriladi,

14 Usova A.P. Obuchenie v detskom sadu (Pod. red. A.V.Zoporojsa). - М., 1981.


389





fuqarolik hissiyoti asoslari: vatanparvarlik, mehnat ahliga hurmat, mamlakat xalqlarini sevishni tarkib toptiradi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat haqidagi bilimlarini tizimlashtirishning asoslari: jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'z tana a'zolari, ularning tuzilishi va xususiyatlari, yashash muhiti, himoya vositalari, oziqlanishi haqida bilim beriladi. Bolalarda kattalar mehnati haqida bilimlarni shakllantirishda tizimlashtirishning asosini mehnat buyumlari, kishilar ehtiyojini qondirish uchun mehnat mahsulotlariga aylantirish aloqalarini tushunish tashkil etadi.

Mashg'ulotlarda o'zlashtiriladigan bilim va ko'nikmalar bolalarning amaliy faoliyatlari bilan bog'lanadi. O'lchash usullarini bolalar o'yin va mehnat faoliyatida o'simliklar va ularni parvarish qilish haqidagi bilimlarni tabiat burchagidagi navbatchilikda, gulzordagi mehnat ishlarida, turli material xususiyat va sifatlari haqidagi bilimlarni o'yin va qurish- yasash va boshqa faoliyat turlarida qo'llaydilar.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin