Psixologik tayyorgarlik tushunchasi - maktab ta’limi nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolaning maktab
384
taiimiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o'quv materiallarini ongli- faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishdan iborat boiib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatli boigan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, intilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat - kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik” hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi taiim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, o'quvchi boiishga intilish, xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi.
"Ilk qadam” dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmaiarni so'z bilan ifodalashi, jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men” konsepsiyasi, kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. Ular uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar” uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari boiajak o'quvchi uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar boiajak o'quvchining ma’naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari - xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi.
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o'ziga xos xususiyat ularning ijtimoiy zonasini kengaytirishdir. Shunday qilib,
385
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeyida bo'lajak o'quvchilarda ma’naviy sifatlarni shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddir.