Maktab o'quvchidan - aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlan- gan darajasini, o'z xatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi.
Maktabgacha taiim muassasasining vazifasi- Davlat talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarni maktab taiimiga tayyorlash:
Maktabgacha taiim muassasasida ta’lim tarbiyaviy ishni umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada ta’minlanishi;
Maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari lozim boigan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlashni nazarda tutadi.
Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova) tomonidan bolalarni maktab taiimiga tayyorlashning quyidagi jihatlari ta'riflangan:
Maktab taiimiga umumiy tayyorgarlik;
Maktab taiimiga psixologik tayyorgarlik;
Maktab taiimiga maxsus tayyorgarlik.
Maktab taiimiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda quyidagi omillar muhim hisoblanadi:
375
Bolaning maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyor- garligi;
Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi;
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligining.