Maktabda o'qishga tayyorgarlik - bu maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada bolalarga berilgan ta'lim-tarbiyaning muhim natijasidir. U maktab bolaga qo'yadigan talablar majmuyi orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial-psixologik o'rni, u bajarishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlarni o'zida mujassam qiladi,
Maktabda o'qishga tayyorgarlik tushunchasi.
Bola hayotida maktabdagi o'qitish jarayoni atrofdagilar bilan munosabat tizimini o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati bola hayotida markaziy o'rinni egallaydi. Bunda erkin o'yin faoliyatini farqli ravishda majburiy faoliyat egallaydi. Endi 1-sinf o'quvchisidan quyidagi jiddiy munosabatlar talab etiladi:
O'quvchining o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishga mas'uliyati ortadi.
O'quvchining bu yangi holati uning shaxsini alohida ma'naviy jihatdan yo'nalganligini yaratadi. Unda o'z Vatani, oilasi va kishilar oldidagi burch va majburiyatlarni anglay olish, mamlakat taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shish kabi ijobiy sifatlar rivojlanib boradi. O'quvchi o'zining jamiyat uchun kerakligini tushuna boradi.