Maktabgacha ta'lim muassasa- sini rejalashtirish tamoyillari
3.
Bvudiet hisobinine mohiyati
|
4.
lamg'armalar turlari
I i 1i
Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istitsbolli reja bu - Maktabgacha taiim vazirligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya-iqtisod boiimlari tomonidan uzoq muddatga (5-10 yilga) mo'ljallab tuziladigan rejalar tushuniladi.
Joriy rejalashtirish - har yili amalga oshiriladigan moliya- viy-xo'jalik ishlari rejasidir. Taiim tizimi yuqori boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari doirasida maktabgacha taiim muassasalariga tegishli ko'rsatmalar beradi, muassasa o'z faoliyatida qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada
493
tasarruf etayotgani ishlab chiqarish va moliyaviy xo'jalik faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks tekshiruvni amalga oshiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining xarajat smetalari ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va moliyaviy xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larning qanday maqsadlarga sarflanishi va choraklar bo'yicha taqsimlanishini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib, byudjetda maktabgacha ta’lim muassasasining moliyaviy ehtiyojlari uchun mablag' ko'zda tutiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda muassasa hisob raqamiga o'tkazib beriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari qaroriga binoan, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xalq xo'jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi.
Ta'kidlash joizki, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi uzluksiz takomillashtirib boriladi, jumladan, uningko'pvariantlikfbyudjetvabyudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etilib, ta’lim muassasalarining o'zini o'zi mablag' bilan ta’minlash, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish borasida sa’y- harakatlari rag'batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim kreditlari berish mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda donorlik va homiylar mavqeyini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'lim sohasida pullik xizmatlar ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspertiza ishlari, noshirlik, ishlab chiqarish hamda muassasa nizomida belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat yo'nalishlari rivojlantirilib, shu asosda ta’lim muassasalari da- romadlarini ko'paytirish ta'minlanadi.
494
Rejalashtirishning asosiy bosqichlari bo'yicha Venn diagrammasini to'ldiring.