Maktabgacha ta'lim muassasasi - maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani
Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi.
Barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi j oriy etiladi:
12 soatli; soatli;
9 soatli; soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha
507
ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimla- rining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim
508
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: