Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo'lishi kerak.
Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti- harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Metodistning kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.