METODIKA UYUSHMASINING ISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta’limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
Metodika uyushmasiga tegishli ta'lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
659
Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatlarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta’lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta’lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma’lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etil- gan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.