Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Mudira ishining mazmuni



Yüklə 27,48 Kb.
tarix10.11.2022
ölçüsü27,48 Kb.
#68447
1-8


Mudira maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Mudira ishining mazmuni. Mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi; o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimining malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish; b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish; v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish; g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash; e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish;j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash; z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish; y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash; k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish; 1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish; m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish; n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim: a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini; b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini; v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini; e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini; j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasa faoliyatiga qo'yilgan sanitariya- gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari: a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
Yüklə 27,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin