YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANI O'QITISHNING METODIK O'ZIGA XOSLIKLARI
Reja: 1.Inson psixikasining yosh dinamikasi. 2.Ontogenezda rivojlanish o`zgarish. 3.Ta’lim-tarbiyaning psixologik muammolari. 4.O`quv motivlari. Bu psixologiyaning ikki amaliy sohasi, agarda ularni birgalikda yagona o'quv fani sifatida qaraladigan bo'lsa, bolalik yillarida yoshning rivojlanishi va insonni o'qitish hamda tarbiyalashning samaraliligini psixologik sharoitlarni tushuntirish uchun umumpsixologik nazariyani qoilashdan iborat bo'ladi. Bu fanlarni o'rganish talabalar, o'qituvchilar ota-onalar, har qanday katta odam uchun amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Talaba uchun esa har xil yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini tushunib olish hamda ularga o'yin va o'quv faoliyatini tashkil etishda ta'sir ko'rsatish, faoliyatda shaxsning yaxshi xislatlarini rivojlantirish uchun bo'lajak faoliyatida ushbu sohadagi bilimlaridan foydalanishni o'rganib olishiga yordam beradi. Insonning yoshi psixik rivojlanishi qonunlari ontogenezini o'zlashtirib olish o'qituvchiga o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash malakalari bo'yicha pedagogik ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishga uni ilmiy yo'nalishida olib borishga, o'z-o'zidan borayotgan jarayonni ko'p jihatdan boshqariladiganga aylantirish imkonini beradi. Bunday bilimlar har qanday ota-ona uchun ham kerakdir. Yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishning metodik xususiyatlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Psixologiyaning bu ikki sohasi bitta yoki ikkita mustaqil o'quv fanidan iborat boiishi mumkin, o'qitish metodikasi ular bitta yoki ikkita o'quv fani sifatida o'rganishga bog'liq boiadi. Pedagogik oliy o'quv yurtlari psixologiya fakultetlari uchun ular ikkita mustaqil fandan iborat bo'ladi, boshqalar uchun esa (ped. o'quv yurti psixologiya fakulteti bo'limlari va pedagogik bo'Imagan o'quv yurtlari uchun) yosh va pedagogik psixologiya odatda, bitta fan sifatida o'qitiladi. O'qitishning metodikasi qanday bo'lishi kerakligi esa psixologiya fanning bu sohalarining mazmunini ochib berilganda aniq boiib boradi. Yosh psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida inson psixikasi yoshi dinamikasini o'rganadi. «Qisqacha psixologik lug'atda» ta'kidlanganidek (1985), «deyarli pedagogik psixologiya mazmuni bilan mos keladi; o'zining tarixiy rivojlanishida ularni bir-biridan deyarli ajratib bo'lmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning haqiqiy birligi-inson ontogenezda rivojlanuvchi va o'zgaruvchi o'rganish, obyektidir. U yosh psixologiyasida rivojlanish qonuniyatlarini borishida ishtirok etadi. Pedagogik psixologiyada esa — pedagogning maqsadga muvofiq harakatlari jarayonida o'qitish va tarbiyalovchi vosita sifatida ishtirok etadi». Boshqa manbalarda yosh psixologiyasi deyarli bolalar psixologiyasi bilan aralashtirilib yuboriladi, ya'ni ularning mazmunan bir xil deb qaraladi, misol uchun «Qisqacha psixologik lug'atda» bolalar psixologiyasiga doir deyarli ma'lumot mavjud emas, yosh psixologiyasi haqida esa ma'lumot mavjud. Lekin «psixologik lug'atda» (1996) yosh psixologiyasi haqida hech gap aytilmagan, ammo bolalar psixologiyasi haqida katta boiim mavjud boiib unga ko'ra ichki sharoitni hisobga olishda va shaxsda psixologik o'zgarishlarga erishgandagina samara berishi mumkin. Yosh va pedagogik psixologiya fanining amaliy sohasi sifatida o'zining ilmiy doirasidagi sohasi aniq psixologik hodisalarni tushuntirish (ya'ni ta'Iim va tarbiya, rivojlanishi hodisalarini) uchun bo'lganligi kabi ularni qayta o'zgartirish uchun ham xizmat qiladi (ya'ni rivojlanish qonunlarga binoan o'qitish va tarbiyalash haqiqiy jarayonlarni tashkil etish uchun). Bu shuni anglatadiki, talabalarga hodisalarni tushuntirish uchun ular ilmiy tekshirish metodlarini egallab olishlari kerak, (misol uchun, nima uchun bir bilimlar boshqalaridan ko'ra oson o'zlashtiriladi, qolganlari qiyin o'zlashtirilishini tushuntirish uchun yoki bolani o'smirlik o'zgarishi davrida muvaffaqiyatli tarbiyalash asosida qanday sabablar yotishini). Bundan tashqari, aniqlangan faktni o'zgartirish uchun psixologik bilimlar ko'rinishini bilish, ya'ni tashkil etuvchi tajribalar metodlarini bilishi kerak (bu masalani talaba yosh psixologiyani o'rganish davri davomida hal etish mumkin). Pedagogik psixologiya — tarbiyaning psixologik muammolarini o'rgatuvchi psixologiya fanining sohasi, yosh psixologiyasi esa — inson psixikasi rivojlanishining yosh bosqichlarini o'rganadi. Nima uchun psixologiyaning bu ikki sohasi ko'pincha birlashtiriladi va bir qator o'quv yurtlari o'quvchilari bitta o'quv fani sifatida o'qitadilar, sabab nima, tushuntirib bering. Milliy psixologiyamizning fundamental tushunchasi (bu tushunchani psixologiya faniga kiritgan L.S.Vigotskiy davridan boshlab) faoliyat tushunchasi hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik psixologiyada insonning psixik rivojlanishi uning faoliyati negizida yuzaga kelishi sifatida qaraladi; faoliyatning o'zgarishi inson ongini o'zgarishiga olib keladi va har bir yosh davrida psixik rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan va uning keyingi yoshi davriga o'tishini belgilaydigan qandaydir asosiy, yetakchi faoliyat turi mos keladi. Biz amaliy fanlar bilan ish olib borayotgan bo'lganimiz uchun seminar — amaliylar, seminar — munozaralar, «ish — o'yinlar» «mozgovaya ataka» davrida suhbat, talabalarning shaxsiy mustaqil fikrlash va amaliy xarakterlarini faollashtiruvchi boshqa metodlar yordamida amaliy o'qitish metodlari hamda usullariga alohida e'tibor berishimiz kerak. Ma'ruzalar va aytib o'tilgan faol metodlarni qo'llash bilan amaliy mashg'ulotlarning turli shakllari hamma talabalar — bo'lajak o'qituvchilar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaning nazariy va amaliy muammolarini ijodiy o'zlashtirishlarini ta'minlashi kerak. Talabalarning o'quv harakatlarini dasturlashtirish, ularning fikrlashlarini o'rganayotgan kursning asosiy savollariga yo'naltirish uchun o'quv masalalari to'plamini tuzish kerak (faol fikrlashni talab etuvchi savolli topshiriqlar). Quyida talabalarda bajarish ko'nikmasini hosil qilish uchun kerak bo'lgan shunday o'quv topshiriqlar to'plamining taxminan namunasi keltiriladi. Bu asarni o'qib chiqqandan keyin «tarbiya» tushunchasining psixologik mazmunini (pedagogik emas) — «ta'sir ko'rsatishini» siz psixologik nuqtayi nazari bilan kelishgan holda qanday qabul qilasiz? Tarbiyachilar shaxsning rivojlanishi psixologik qonuniyatlarga haqiqatan tanish sifatida, tarbiya amaliyotiga (metodikasiga) siz nima yangilik kiritish taklif etgan bo'lar edingiz? Talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: Seminar mashg'ulotlarida quyidagi savollarni muhokama etishga tayyorlang; psixologiyada o'qitish va rivojlanish nisbatlari bilan bog'liq bir necha nuqtayi nazarlar mavjud; a) psixik rivojlanish o'zining qonunlari bo'yicha boradi, o'qitish esa, ijtimoiy tajriba shakllanishi sifatida, rivojlanish esa erishilgan darajaga tayanishi kerak, ya'ni rivojlanish jarayonining ortidan borishi kerak (J.Piaje), b) psixik rivojlanish uning butun obyektivligi deb faraz qilinishiga qaramay to'g'ri yo'Iga qo'yishdagina (psixologik asoslangan) o'qitish bilan o'z-o'zini boshqarishi mumkin, ya'ni ta'lim rivojlanishidan oldinda bo'lishi, o'zining ortidan ergashuvchi, rivojlantiruvchi boiishi kerak (L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, V.V.Davidov va boshq), d) o'qitish — bu rivojlanishning o'zidir, ya'ni rivojlanish va ta'lim bir narsadir (E.Tordayk), keltirilgan nuqtayi nazardan qaysi biri sizningcha to'g'rimi? Nima uchun qolganlarini noto'g'ri deb hisoblaysiz, asoslab bering. Amaliy mashg'ulotga tayyorlash tartibida, birinchi savolga o'z javobingizdan kelib chiqqan holda, masalani yechimiga yondashing. Psixologiya bo'yicha mashg'ulotda bir xil talablar o'quv materiallarini tushunarli darajada (didaktikaning prinsiplaridan biri ana shunday) berilishi kerak deb hisoblaydilar, bo'lmasa o'quvchilar tushunmaydilar, bunga ayrimlar qarama-qarshi chiqishadi; «unda ta'lim rivojlanishi qanday qilib ortidan olib yuradi»? Agarda tushunarlilik bugungi darajadan yuqoriga ko'tarilmasliligi unda o'quvchilarni o'zining rivojlanishida qolib ketishiga majbur etamizku, kim haqligini tushuntirib bering, (psixologlarning rivojlantiruvchi o'qitish' haqidagi asarlarini o'qib chiqing va tahlil qiling; V.V.Davidov A.M.Matyushkin hamda J.K.Fleyvelkining «Jan Piajening genetik psixologiyasi» kitobiga yakuniy so'zini; P.Ya.Galperin, D.B.Elkoninlarning. «J.Piajening bolalar fikrlashlarini rivojlanishi haqidagi nazariyasini tahlil qilish» va boshqalar. Rivojlanish va ta'lim nazariyasi haqida o'qib chiqib, seminardagi muhokama qilinayotgan qarama-qarshiliklar mazmunini tahlil qiling va quyidagi savolga aniq javob qaytaring; nima oldinda — yuradi -ta'limmi yoki rivojlanish? Ta'lim rivojlanish jarayoni ortidan borishi kerakmi? Yoki uni o'zi ortidan boshlashi kerakmi? Tushunarlilik didaktik tamoyilini qanday tushunish kerak? Talabalarga topshiriqlar. Seminar mashg'ulotda rivojlanish va ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash bo'yicha quyida keltirilgan tajribani tahlil qilib chiqing. 4—5 yoshli bolalarga ikkita A va V ga bir xiida suv quyilgan idishlarni ko'rsatadi, agarda A idishdan kattaroq bo'lgan D idishga hamma suvni quyilsa, suvning miqdori o'zgaradimi deb so'raydilar va uni bolalarga ko'rsatadilar. Ko'pchilik bolalar suv qancha bo'lsa shuncha qoladi yoki shunday bo'ladi deb javob qaytaradilar, bu yerda suyuqlik miqdori haqidagi savol ko'rgazmali namoyon etiladi, so'z bilan «faqatgina nazariy» ko'rinishda quyidagicha (agarda unga quysak), shundan keyin haqiqatdan ham suvni A idishdan D idishga quyildi. Lekin bu ishni bolalarning ko'zi oldida emas, balki suvni quyish paytida idishlarni mato bilan to'sib turib bolalarga ko'rsatmay bajaradilar, keyin darhol olib tashladilar. Endi V va D idishlardan suv bolalar ko'zi oldida yaqqol ko'rinib turar edi. Endi bolalarning ko'pchiligi V idishni ko'rsatadilar chunki undagi suv balandligi yuqori edi. Nima boidi; nima uchun so'z bilan tushuntirishda bolalar (xayolida, nazariy manzarani aniq ko'rmay turib) suvni qayta quygan bilan uning miqdori o'zgarmasligini yaxshi tushunadilar. Uning xatoligini o'zgarsa ham (D idishi kengroq edi), bu tajribani o'z tadqiqotlarida foydalangan psixologlar buni bolaning tushunchasi rivojlanayotgani bilan tushuntiradilar. Misol uchun «miqdor» va «sabab» (soni nima uchun o'zgardi, degan savolga bolalar chunki quydik idishga deb javob qaytardilar) bolalarda tasawurida kattalarnikidan farqli umuman boshqacha ma'noga ega boiishi mumkin va ular nima haqida so'rayotganlarini tushunmasligi mumkin. bu rivojlanish o'z-o'zidan bo'ladigan jarayon deb hisoblagan
J.Piaje haq deganimi, bu ta'limga bog'liq emasmi? Bu o'z-o'zidan
o'tib boradigan kerakli rivojlanish darajasini kutib o'tirmay ta'lim bu
rivojlanishga nima yetmayotgan bo'lsa shuni kiritib uning darajasini
ko'tarish kerakligini bildirmaydimi? nima uchun bolalar suvni so'z bilan (nazariy) quyilganda to'g'ri
javob berib haqiqiy (ko'rgazmali) quyilganda xatoga yoi qo'yadilar. Talabalarning mustaqil ishlari va ularni seminar mashg'ulotlariga tayyorlashda o'quv masalalarni tuzishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin. O'quvchilarning yoshi psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib va kerakli o'quv qo'llanmalarini o'qib chiqib quyidagi ikkita savolga javob bering. a) qanday qilib o'quvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari yoshi, rivojlanishi har bir davri uchun xos bo'lgan ta'lim va tarbiyalashda faoliyatning yetakchi turlarini hisobga olishlari kerak (misollar bilan ko'rsating)? b) ehtiyqjlar doirasidagi rivojlanishdagi qarama-qarshilik birligini, uning operatsion-texnik imkoniyatlarini, ta'lim va tarbiyada qanday qilib hisobga olish mumkin (javoblarni har bir yosh davri uchun alohida tayyorlang). Rivojlantiruvchi ta'limning ma'nosi nima, qanday o'qitishlarni rivojlangan deb aytib bo'lmaydi (alohida ta'lim amaliyotida)? Amaliy ta'limda uchraydigan o'qitish motivlarini aytib o'ting va ularning har birning asosida qanday talablar yotishini tushuntirib bering. P.Ya.Galperinning bosqichma-bosqich bilan aqliy harakatlarni shakllantirish psixologik konsepsiyasining ta'limning boshqa hamma konsepsiyalaridan prinsipial farqi nimada? L.S. Vigotskiyning hozirda uning shogirdlari va izdoshlari tomo-nidan rivojlantirilayotgan tarixiy-madaniy nazariyasi ma'nosini yosh va pedagogik psixologiyaga nisbatan qisqacha qanday ifoda etgan bo'lar edingiz? An'anaviy o'qitish nazariyasida psixologiyada va pedagogikada bo'lgani kabi xatolar o'qitishda albatta bo'ladi, ba'zan hatto bu foydali ham boiadi. Muammoga to'g'ri munosabatda bo'lganda deb hisoblash qabul qilingan, chunki «xatolarda o'rganiladi», aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasi asosida (P.Ya.Galperin va uning izdoshlari) tashkil qilingan o'qitish xatosiz bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu fikrni to'g'riligi bir necha bor tajribalar bilan isbotlangan, bir necha yuz minglab bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan o'qitish bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga yakun yasab I.F.Talzina shunday yozadi; «o'zlashtirish asta-sekinlik bilan xatolardan xalos bo'lish sifatidagi tasawurlarni o'zlashtirishning haqiqiy tabiatiga to'g'ri kelmaydi deb to'la ishonch bilan aytish mumkin, bilimsizlikdan bilimga yo'l umuman olsak bexato bo'lishi mumkin».