Yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishning metodik o'ziga xosliklari



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə2/3
tarix17.11.2022
ölçüsü26,05 Kb.
#69594
1   2   3
a UMIDA

YOSH PSIXOLOGIYASIVA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANINGPREDMETI VA METODLARI
Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma'nosi shuki, pedogogik psixologiya o'quvchilar tomonidan bilim, iktidor va malakalarni o'zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va shuningdek o'quv-tarbiya prosessida o'quvchilar shaxsining tarkib topishini o'rganadigan fandir. Pedagogik psixologiya fani o'quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o'qitish masalalarini o'rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan mahkam bog'liqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olmay turib, o'quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bo'lmaydi. Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning asosini urganib va ishlab chiqib, o'qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darslarga va turli o'quv qurollariga bo'lgan talabni aniqlash, o'qitish va tarbiyaning rasional va samarali metodlarini topish, o'quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga etiqod qilishga erishish qonuniyatlarini ochish: o'quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning asoslariini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir. Pedagogik psixologiyannng vazifasiga, shuningdek, o'quvchidar va o'qituvchilar, tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabati, o'qituvchi shaxsiga nisbatan kuyiladigan talablarni o'rganish, o'qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o'rganishkiradi. Pedagogik-psixologiya - ta'lim muassasalarida o'qitish rosessida o'quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya prosessida bola shaxsining tarkib topishini o'rganadi. O'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o'rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o'quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakko'rining shakllanishini tekshiradi; o'zlashtirish prosessining idora qilish, aqliy faoliyat usullari va
malakalarining tarkib topishi problemalarini o'rganadi. O'qitish prosesining, o'quvchi va o'qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi munosabatlarning, ta'lim oluvchilar " jamoasidagi o'zaro munosabatlarning muvaffakiyatli bo'lishiga tsir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi; o'quvchilar individual psixologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o'quv- tarbiya ishlarning psixologik xususiyatlarini o'rganadi. Yosh psixologiyaning predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psixologik xususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi o'zgarishini o'rganadi. Yosh psixologiyasining bo'limlariga quyidagilar kiradi: Bolalar psixologiyasi, kichik maktab o'quvchilary psixologiyasi, o'smirlar, o'spirinlar, kattalar psixologiyasi, geronoto psixologiyasi, ya'ni qariyalar psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning predmeti ta'lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o'rganadi.Pedagogik psixologiya ta'lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini o'rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tabiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o'zaro masalalarni o'rganadi. Bundan tashqari pedagogik-psixolgiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o'rganadi. Yosh pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Pedagogik-psixologiya XIX-asrning 2-yarmiga kelib vujudga keladi va psixologiya faniga genetik goyalarning kirishi bilan yanada rivojlanadi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psixologik.goyalarning rivojlanishiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Jumladan u "Inson tarbyaya predmeti sifatida" nomli asarlar shunday deb yozadi.Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi kerak.XIX-asrning oxiri XX-asrning boshlarida pedogikada pedagogik eksperementni qo'llashning maxsus yo'llari topiladi. Umumiy psixologiyadagi eksperementning sezilarli yutuqlari (Veber va Fexner tomonidan psixofizik qonunlarning ochilishi, Lebengaus tomonidan xotiraning o'rganilishi) uni yosh va pedagogik-psixologiyada ham qo'llash imkonini beradi. Pedagogikaning rivojlanishidagi dastlabki tajribalar natijasida quyidagi xulosalar chiqadi. "Psixologiyaning pedagogik amaliyot bilan yaqinlashishi, ta'lim va tarbiya jarayonining eksperimental tadqiq qilishi yo'lidagina mumkindir.
XX-asr boshlarida bolalar psixik taraqqiyoti manbalarini har tomonlama talqin etuvchi 2 ta oqim paydo bo'ladi. Bular oqimlar bir-biridan, bola taraqqiyoti asosida qanday omilni olishga qarab
farqlaydilar:

1. Biogenetik oqim.


2. Sosiogenetik oqim.
1-oqim tarafdorlarining fikricha, biologik omillar:
irsiyat bola hayotini hal qiluvchi rol uynaydi.
2-oqim tarafdorlarining fikricha, bola taraqqiyotinyng -birdan-bir omili bu muhitdir.Insonni o'rganishuchun u usgan muhitni taxlil qilishning o'zi kifoya.Pedagogikaning mazmuni bola taraqqiyotiing psixologik-fizologik, biologik nuqtai- nazarlarning mexaniq majmuidan iborat. Pedagogiya XIX-asr oxiri, XX- asr boshlarida vujudga kelgadi. Asoschilardan: G’arbda S.Xoll, E.Meymaya, Preyer, Rossiyada Bexterev, Nachayev, Rossolimov va boshqalar, bola fizologiyasi va pedagogikasini siqib chiqarib bolani o'rganish da yakka hukumronlikka. da'vo qiladi. Psixologiya "rivojlanayotgan insonni urganuvchi alohida ilmiy fanlardagi tadqiqot natijalarini kamrab oluvchi kompleks fan sifatida vujudga keladi.

30 - yillarning boshida pedalogiyaning ko'p koidalari tanqid


ostiga olindi. Bu 1936 yil 4 iyul sobyk Partiya MK ning halq ta'lim sistemasidagi pedalogik buzilishlar haqida qarori bilan tugatiladi.Mashhur rus psixologi Vugotskiy 20-30 yillarda o'zining oliy stixi funksiyalarining rivojlanishi nazariyasini e'lon kildi. Vo'gotskiy nazariy taraqqiyotining umumiy genetik qonuni kuyidagicha aniqlaydi: "Bola madaniy rivojlanishda har bir funksiya 2 marta ko'rinadi: Dastlab ijtimoiy, so'ng psixologik; dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida ko'rinadi. Har bir oliy psixik funksiya o'z taraqqiyotida.tashqi bosqich orqali o'tishi kerak.
Pedagogik-psixologiyada bir necha metodlar mavjud:
1. Kuzatish tashqi, tashqi, ichki, ona kundaligi.
2. Eksperiment tabiiy, laboratoriya.
3. Egizaklar metodi. Uning mazmuni 1 tuxumli egzaklarda psixik taraqqiyotni ko'zatish va eksperiment sharoitida taqqoslashdan iborat. Bu esa ular irsiyatining bir xilligini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta'sirining va muhitining ta'sirini o'rganish imkonini beradi.
4. Bola psixikasi taraqqiyotini o'rganishda ko'ndalang-kesim metodi ham qo'llaniladi. Bunda tadqiqotchi psixik rivojining hozirgi paytdagi psixologik xususiyatlarini bilishga intiladi. Tez-tez takrorlanib turgan bundan kesimlar tekshiruvchilar ' haqida ma'lumot olishga imkon beradi.
5. Longityud metodi yoki o'zunasiga kesim metodi. Biror bola uzoq vaqt, yillar mobaynida o'rganiladi
6. Suhbat.
7. Faoliyat maxsulotlarini o'rganish .
8. Anketa.
9. Test.
10. Sosiometrik, Psixik taraqqiyotva ta'lim


Odam va hayvon psixikasi doimo rivojlanib boradi. Lekin hayvonlar dunyosining va odamning rivojlanishi tubdan farq qiladi. Hayvonlar psixikasi taraqqiyotining bosh mexanizmi irsiy-biologik tajribani o'zatishdir.Uning asosida hayvoning tashqi muhitga moslashuvi yotadi.Inson psixik funksiyalarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular bolalarning ijtimoiy-tarixiy tajribani egallash jarayonida rivojlanadi.Bola insoniyat dunyosida tugiddi.Insonlar bilan munosabatda bo'ladi.Ularda ijtimoiy amaliyot tajribasi aks etadi.Bolaning taraqqiyoti bu tajriba jarayonini egallashdir.Bu jarayon kattalar tomonidan doimo raxbarlik jarayonida ya'ni ta'lim jarayonida amalga oshiriladi.Inson psixik faoliyatining oliy shakillari bevositalik harakteriga ega.qadimdayok odamlar ta'limda, mehnat faoliyati jarayonida va bolalarda ma'lumotlar berish uchun ularni aks ettirsh vositasi sifatida belgilardan, shartli tasvirlardan foydalanganlar. Belgilar va nutq odamning ta'lim jarayoni vositasidir. Bu vositalarning vujudga kelishi va rivojlanishi shuningdek, madaniyatning rivojlanishi psixika tarixiy taraqqiyoti jarayonini harakterlaydi. Bu, vositalarni egallash bilan individual taraqqiyot aniqlanadi.Bola insoniyat tarixida ishlab chiqarilgan tajribani egallaydi.Insoniyat tarixida faoliyatni amalga oshirish vositasigina rivojlanib kolmasdan, ijtimoiy tajribani keyingi avlodlarga uzatish, bu vositalarni uzatishning maxsus yo'li rivojlanadi.Bu maxsus yo'l ta'limdir.Ijtimoiy tajribaning o'zatishning tashqiliy-usulidir.Shunday qilib, ta'lim bola psixik taraqqiyoti jarayonida muhim rol uynaydi.Psixika taraqqiyotining biologik sharoitlari.Inson psixikasi taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini biologik qonunlar - irsiyat bilan tushuntirish nazariy jihatdan xatodir.Bu amalda katta qiyinchiliklarga olib keladi.Chunki bu yerda tarbiyachining roli pasaytirilvdi. Yosh va pedagogik-psixologiya inson psixik taraqqiyoti qonunlari ijtimoiy bog'langan taraqqiyotjarayoni bola tarbiyasi va Hayotsharoitlarining murakkab majmui bilan belgilanadi, degan fikrlarga tayanadi. Bunda taraqqiyotning biologik sharoitlarining rivojlanishida neyrofiziologik xususiyatlarining psixika taraqqiyotida roli qanday degan tug'iladi.Inson psixik faoliyati juda murakkabdir. Uning xususiyatlari bola tarbiyasi va hayotiga bog'liqdir. So'z mantiqiy xotira, mavhum tafakkur, predmetlarini idrok qilish va boshqalar oliy psixik funksiyalar irsiy biologik yo'l bilan uzatilmaydi, mustahkamlanmaydi. Bu tarixiy taraqqiyotjarayonida ularni qaytako'rishtakomillashtirish imkonini beradi. Ta'lim jarayonida bola psixik taraqqiyotining asosiy tomonini faoliyat usullari va bilimlarini murakkablashtirish tashkiletadi. Hozirgi vaqtda ko'p tadqiqotchilar ta'lim mazmunini o'zgartirib, ya'ni bolaga beriladigan bilimlarni va faoliyat usullarini o'zgartirib, bola taraqqyoitini tubdan o'zgartirish mumkinligini isbotlaydilar. Ko'p qarama-qarshi otlarda (Venge, Gauperin, Elkonin, Davidov) ta'lim mazmuniga maxus vositalarining kiritilishi,aqliy taraqqiyotning absalyut va o'zgarmas deb hisoblangan bosqichlarining o'zgarishiga olib keldi. Masalan: Shvesariyaning psixologi Jan Piaje utkazgan qarama-qarshi otlarda 7-8 yoshdan kichiq bolalar sonlar bilan hamma amallarni bajara olmaydilar, degan xulosaga keladi. Piaje tomonidan tavsiflangan "Mikdorning saklanmasligi" fenomeni hammaga ma'lum.Uni quyidagi eksprementda kuzatish mumkin.2 idish 1 mikdorda suv solinadi.O'zun ingichka idishdagi suvni bola ko'p deb hisoblaydi. Shunday qilibbola ta'limda ma'lum masalalarni va ularni yechish usullarini o'zlishtiradilar. Ko'p masalalarni yechish imkoniyati usulning umumlashganligiga bog'liq bo'ladi.Har xil darajada umumlashgan usullar o'z tuzilishiga ko'ra farq qiladilar.Masalan, ko'pichilik bola 1-sinfda arifmetik masalalarni yechishdakonkret harakatlardan bevosita harakatga (arifmetik) o'tadilar.Shuning uchun bolalar teskari masalalarni yechishda qiynaladilar. Shunday qilibta'lim mazmuni bilim va faoliyat usullarining xususiyatlari ta'limda, ma'lum ketma-ketlik ularning bola taraqqiyotining asosiy tomonlarini harakterlaydi. Bilim va usullarni egallashning psixologik mexanizmlarning rivoji faoliyatning umumiy tipini belgilaydigan 1 xil usullar bola tomonidan har xil darajada qo'llaniladi. Bu aniq faoliyat amalga oshirish asosida yotuvchi psixologik mexanizmlar xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Bilim va umullarni qo'llash asosida yotuvchi umumlashgan psixologik mexanizmlarning vujudga kelishi bolalar taraqqiyoti jarayonining muhim tomonlarini tashkil etadi.

Muhim umumiy o'zgarishlar 3 asosiy yo'nalishda sodir bo'ladi;


1. Bola shaxsi yo'nalganligining umumiy xususiyatlari.
2. Faoliyat psixologik strukturasining xususiyatlari.
3. Ong mexanizmlarining taraqqiyoti darajasi.
Uchta yetakchi yo'nalish mavjud.Ayrim bolalarda o'quv-yetakchi yo'nalish hisoblanadi Ular yaxshi o'qish, O'qituvchining talabalar bajarish, yaxshi baxoga intilish xosdir.Ba'zi bolalar bilimga intilish yo'nalishi xosdir. Ular masalalar yechishni yangi topshiriklar olishni yoktirishadi. Ularni baho qiziqtirmaydi. Ko'p bolalar uchun atrofdagilar bilan o'zaro munosabat muhimdir. Bu bolalarning hulq atvori jamoada, kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabatda ma'lum mavqega erishish bilan belgilanadi.
O'quvchi shaxsning yo'nalganligi doimo o'zgarib turadi.Masalan, kichiq maktab yoshida o'qishetakchi yo'nalish bo'lsa, 4-sinfdan boshlab, atrofdagi munosabat muhim bo'la boshlaydi. Har bir faoliyat o'z ichiga quyidagielementlarni oladi: Motiv maqsad, harakat, usul va ob'yektlardan iborat. Ong taraqqiyoti jarayonida bolalarning aks ettirishining mexanizmlari tuzilishi, mazmuni o'zgaradi.Bu fikrlash, xususiyatlarining o'zgarishida ham ko'zga tashlanadi. Misol sifatida bog'cha bolalari uchun predmetlarning tashqi xususiyatlarini va vaziyatlarini aks ettirish, keyinchalik esa predmetlarning funksiyalarini ajratishini so'ngra ularning tuzilishini ajratishlarini keltirish mumkin. Yuqorida kayd etilgan 3 yo'nalish o'zaro bog'langan va ular birgalikda shaxsiy psixik taraqqiyoti o'zgarishlari jarayonini tashkiletadi. Ong taraqqiyotining muhim mezoni o'z ruhiy holatihaqida uylash, o'zining "men"ini anglash hisoblanadi. O'z "men"ini anglash bola shaxsining har xil tomonlarini taraqqiyotini amalga oshirashdagan asosiy mexanizm
bo'lib qoladi. Bola shaxsi faolligi psixik taraqqiyot sharoiti sifatida.Shunday umumiy qonuniyatlardan biri bolaning faolligi bilan bog'liq yangi psixik tuzilmalarning paydo bo'lishidir.Ta'limda yangilik tashkaridan berilsada, faoliyat tarkibiga kiritilishi faoliyatni qayta" ko'rish bilan bog'lanishi kerak. Bir xil materialni o'zlashtirish har xil 50bolalarda turlicha ro'y beradi. Shuning uchun bola rivojlanish darjasiga bog'liq ravishda har xil pedagogik sharoitlarni talab qiladi. Bola o'zlashtirish jarayonida o'zining shaxs sifatidagi xususiyatlarini namoyon qiladi. Bola shaxsiy tomonlarining taraqqiyoti ta'lim metodlarida aks etadigan o'zlashtirish mexanizmlarini amalga oshiradi. Maslan ma'lum yosh davri bolalari uchun harakterli bo'lgan yetakchi yo'nalish xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'lumki bog'cha davrida ko'pchilik " yangi narsalar o'yin faoliyatida namoyon bo'ladi, Shuning uchun ham bu davrda mashgulotlar didaktik o'yinlar shaklida utkaziladi. Bu o'yinlarda bola yangi bilim va usullarni egallashida bolaning faolligi eng ko'p darajada namoyon bo'ladi. Kichik maktab yoshida yangilikni o'zlashtirish o'quv faoliyatining ahamiyati bilishga qiziqishning o'sishi bilan bog'liq.Bolaning o'quv faoliyatini shunday shakillantirish kerakki, u o'qishga yo'nalishi o'zini nazorat qilishmalakasini, shaxsiy yutuqlarini baxolay olish malakalarini o'z ichiga oladi. O'quv jarayonida bola uchun yangi narsani bilish qizik va muhim bo'lishi kerak keyinchalik o'quv faoliyatining o'zi ko'proq motivlar bilan uyg'ona boshlaydi. Ilg'or pedagogiklarning tajribasi bolalarga xos bo'lgan yo'nalganlik va motivasiya tipi hisobga olinsa ta'lim muvaffakiyatli bo'lishi isbotlanadi. Shunday qilib motivasion soxasining mohiyati ong tafakkur va faoliyat taraqqiyoti yangi psixologik to'zilmalarning vujudga kelishi va rivojlanishani amalga oshiradigan asosiy ichki sharoitini tashkil qiladi. Shaxs umumiy xususiyatlari taraqqiyoti va bidim taraqqiyotining pedagogik sharoitlari. Ta'lim jarayonida bola taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan tashqari bolaninig psixik taraqqiyotinig har xil tomonlari uchun harakterli bo'lgan aniq pedagogik sharoitlarni ham hisobga olishi zarur, o'quvchilarining ta'lim jarayonida har xil o'quv predmetlarida bilimlar va usullarini egallaydilar. Ta'lim olinayotganda bolalar insoniyat bosib o'tgan yo'lini takrorlamaydi. Harakat usullari va bilimlar bolalarga tashkaridan beriladi va o'zlashtiriladi. Vazifaning xususiyatlariga bog'liq ravishda ta'limga yangi harakatlar, yangi usullar kiritiladi va ular bu masalalarni yechishning vositasi hisoblanadi Bola ilgari bajargan vazifaga taqqoslab yangi vazifaninig xususiyati va vazifani yechishning vositasi sifatida yangi harakatlarning xususiyatlarini tushunishlari kerak. Faqat shu holdagina yangi harakatlarni o'zlashtirish, ayniqsa, belgili, operapiyali amallarni o'zlashtirish anglangan bo'ladi.Bolalar o'z faoliyatlarini tashkil etish vositalarini egalashlari mumkin. Bolalar faoliyatini tashkil etishning ma'lum bosqichlarini ajratishga urgatiladi: Ularnikg rejalashtirish, tayyorlanish amalaga oshirish nazorat qilish va baxolashdir. Shunday qilibbola tarakiyoti jarayoni qandaydir bir tomonning o'zgarishi bilan harakterlanmaydi, balki u murakkab va ko'p qirrrali jarayondir. Psixologik taraqqiyotning har xil' tomonlarini amalga oshiradigan pedagogik sharoitlar har xildir. Taraqqiyotning yoh bosqichi yoki yoshining o'zi nima?Bu savolga javob topish inson psixik taraqqyoiti tabiatini tushunishga bog'liq. Bundan nuqtai nazarlardan birida yosh davrining o'zgarmasligi qayd etiladi.Yosh haqidagi bunday tasavvur psixik taraqqiyotini tabiiy biologik jarayon sifatida tushunish bilan bog'liq, qarama-qarshi nuqtai-nazarlardan yosh tushunchasi umuman rad etiladi. Bunday hollarda taraqqiyot bilish va ko'nikmalarni to'plashdagina iborat deb qaraladi. Har bir yosh davri psixik taraqqiyotining maxsus bosqichidir va bola taraqqiyotining ma'lum bosqichida shaxs strukturasidagi o'ziga xosliklar majmuini tashkiletadigan o'zgarishlar tuplami bilan harakterlanadi. AS.Vugotskiy yoshini taraqqiyotning ma'lum davri deb karagan 1 yosh davrdan boshqasiga o'taganda ilgari yosh davrida vujud bo'lmagan yangi narsa paydo bo'ladi, taraqqiyotning borishi o'zgaradi va qayta ko'riladi. Yosh xususiyatlari ko'p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Ularga xayotning ma'lum bosqichida bolaga kuyiladigan talablar sistemasi ham munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi ham bu bilimlarni o'zlashtirish usullari ham kiradi. Yoshning xususiyatini belgilaydigan sharoitlar mazmuniga bola jismoniy taraqqiyotninig har xil tomonlar xususiyatlari ham kiradi. Shunday qilib yosh davri Hayot taraqqiyotiining ma'lum davrida bolaga quyiladigan talablar xususiyatlari bilan uning atrofdagilar bilan munosabatlari bola shaxsi psixologik taraqqiyot darajasi bilan uning tafakkuri va bilimlari taraqqiyoti darajasi bilan ma'lum fiziologik xusuyeiyatlar majmui bilan harakterlanadi. Yosh taraqqiyotni davrlarga bo'lish. So'nggi vaqtlarda pedagogik - psixologiyada pedagogik mezonlarga asoslangan yoshni davrlarga bo'lishda foidalaniladi: Bog'cha yoshi davrlari (yasli, knchiq, o'rta katta va maktabga tayyorlov)

Yasli yoshi - 3 yoshgacha


Kichik guruh - 4 yosh
O'rta guruh - 5 yosh
Katga guruh - 6 yosh
Tayyorlov guruh - 7 yosh

Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin