Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə63/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   260
F

/ Estetik tarbiyaning asosiy vositalari





Pedagogika tizimiiga xos boigan estetika va etikaning birli- gini oilada MTMlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qoilash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli, xushmuomala, badiiy didli boiishlari talab etiladi.



211





Bolalarni o'rab turadigan chiroyli narsalarning o'zi bola- a hech narsa bermaydi, shuning uchun bolalarni ularni o'rishga, qadrlashga, baholay bilishga o'rgatish kerak. Tarbi- achi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy- >yiga qo'yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. ar bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko'rib chi- iladi. Eng muhimi, hamma narsalarni bolalarda estetik zavq- i qo'zg'ata oladigan qilib ko'rsatish kerak.


Bolalarga estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayot- an narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. olalarning hislariga ta'sir etish uchun bu hali yetarli emas. ng muhimi, bu yerda kattalarning namunasidir. Tarbiya- lining o'zi zavqlansa, ortiqcha so'zlarsiz go'zallikka qiziqish yg ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi.

Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» - eb so'rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko'ramiz deb ivob beradi. Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr ilib daraxtlarni, yo'lkalarni kuzatamiz». Bog'ning eng xush- lanzara joyiga kelganda bolalar to'xtab, jim atrofga nazar ishlashadi-da, nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chun- i barglar tillaga o'xshaydi. «Ana qizil barglar», deyishadi lar hayajon bilan. Shamoi bo'lishi bilan barglar yerga tusha- i. Yo'lkalar esa gilamga o'xshaydi. Ko'chaga sayrga chiqisha-

  1. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: «Biz hozir sizlar bi­in MTM ko'chasidan yurib o'tamiz. Sizlar diqqat bilan kuza- b boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko'rsa, sayrdan keyin a'zlab beradi».

Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalar-

  1. shu ajoyibotni ko'ra bilishga, undan hayratlana olishga rgatish lozim. Tabiatning go'zalligini va ajoyibligini inson ha- 3t go'zalligiga, san'at go'zalligi va ajoyibotiga aylantiradi.

Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo'lib xiz- lat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go'zalligi hatto eng kichik □lani ham quvontiradi. Uning tuyg'ular va xayollarda saqlan-


212



an go'zalligi bolalikda ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilina-

  1. inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.

Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini ibiatning rang-barangligiga, uning o'zgarishi va uyg'unligiga aratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg'otadi, unga muhab- at va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avay- shga o'rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didla- ni tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol a'rib, atrofdagi go'zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishi- a ishonch hosil qiladilar.

Tarbiyachi bolalarga tabiat olamini kashf etadi, bolalarning unchadagi bir tomchi shabnamda ham, o'tlarning biri ikkin- lisi bilan qo'shilib ketishida ham, oqshom bo'yoqlarida ham ibiat go'zalligini ko'ra bilishlariga yordam beradi.

MTMda tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hayvonlar a o'simliklarni kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik [rokni, ularga nisbatan to'g'ri munosabatni, go'zallik yaratish 3hishini shakllantiradi va qizg'in faoliyatga undaydi. Yilning jz fasllarida polizda, gulzorda, MTM maydonchasida mehnat ilishda ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o'z mehnati levasini yeyish bolaga alohida estetik huzur bag'ishlaydi. Da- va bog'larga sayrga borganda tabiatning go'zalligi va boyligi- an, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan гпШоуа zavqlanishadi.

MTMda bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning ar xil turlari va janrlaridan (musiqa, rassomchilik haykalta- >shlik xalq amaliy san'ati, adabiyot va hokazo} foydalaniladi.

San’at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tu- inmas manbayi bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda har ir kishining rivojlanishi, ma'naviy boyishi uchun ham vosita-

Badiiy asar kishining his-tuyg'ulariga ta'sir etsa, hissiy ke- linmalar kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan ha- ajonlanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm


213





bolada fikrlar o'yinini uyg'otadi. Bu to'g'rida S.Ya.Marshak shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatora- siga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o'z tuzi- lishi bo'yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola o'zini ertakdagi qahramon o'rniga qo'ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o'ynay oladi. San'atning hamma turlari - ada- biyot, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bo­lalarga tushunarlidir. Gilamchilik, to'qimachilik, kulolchilik, zardo'zlik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall pat- nislar, to'qilgan va tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san'atning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqa- ri, MTMda har bir viloyat, o'lka, respublikaning milliy madani- yatidan foydalanish kerak.


Ta'lim-tarbiya ishlarida o'zbek xalq amaliy san’ati namu- nalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O'zbek naqsh- lari tushirilgan chiroyli guldor matolar qo'g'irchoqlar uchun ko'ylak, oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin.

Musiqa bolalarning kayfiyatini ko'tarib ertalabki badan tarbiyada yangray boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtla- rida ekskursiya, sayr va o'yin vaqtlarida ashulalar ijro etili­shi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhi- ni ko'taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etil- gan ashula harakat ritmini uyg'unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag'ishlaydi.

Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqi- qiy san'at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahon- da san'at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi.

Ashula aytib o'yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g'oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va ko'yining hamohangligini, ravonligi- ni bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiya-


214





laydi, musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqs- ga tushishga o'rgatishda faqat to'g'ri aytish va to'g'ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o'rgatiladi.


MTMda o'tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o'ziga xosligi uning g'oyaviy va estetik mazmuni san’atning turli ko'rinishlari bilan bog'liq boiishidadir. Har qaysi bayram o'z g'oyasiga ega bo'lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko'rsatadi.

Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo'g'irchoq teatri- dir. Uning nihoyatda kuchli ta'sir etishi uning soddaligi, odat- dan tashqari jo'shqinligi va qo'g'irchoqligi (o'yinchoqligi], shu­ningdek, badiiy so'z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at ka­bi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko'zi o'ngida yaqqol namoyon boiishidadir. Qo'g'irchoq teatrini bo­lalar faqat tomosha qilibgina qolmay, balki unda o'zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o'stiradi, hayotiga quvonch bag'ishlaydi.

Diafilm ko'rsatish bolalarning estetik didlarini o'stirishda muhim vositalardan biridir. Diafilmlar ko'rsatishni adabiy matn o'qib berish bilan qo'shib olib borish bolaga filmning maz­munini yanada to'g'riroq va ta’sirchanroq tushunishga yordam beradi.

Bundan tashqari, qo'g'irchoq teatri, soya teatri ko'rsatish ham bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o'rin egallaydi. Bu o'yinchoq, qo'g'irchoqlar bolalarga tanish boisa- da, ularni tarbiyachi qo'li yordamida harakatga keltirib, badi­iy so'zlar bilan qo'shib olib borishi natijasida ular bolaning ko'z o'ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak maz­munini chuqur idrok eta boshlaydilar.

Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o'ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bi-


215





langina emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir.


Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so'zlardan ko'ra rasmlarning ta'siri ayniqsa, katta bo'ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o'z o'rtoqlariga, kattalarga, qo'g'irchog'iga «o'qib» berish bilan uning mazmuni­ni o'z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yopqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.

Kattalar mehnati, qahramonlik shuningdek, ona Vatanga bo'lgan muhabbat, do'stlik, birodarlik, bolalarning ota-onala- riga nisbatan mehribon bo'lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.

Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmux- sin, Shukur Sa'dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan she'rlari ularda ijobiy his-tuyg'ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga o'rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so'zlarning ta'sirchanligini his qilishga yor­dam beradi.

Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Er- takning yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Er- tak qahramonlari bolaga yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo'ladi. Eng muhimi, tarbiyachining o'zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va she’rlarni ifo- dali o'qiy bilishi kerak.

MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert- lar, bayramlar, kichkintoyiarning tug'ilgan kunlarini nishon- lash bolalarda quvonchli hislarni uyg'otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tash­kil etilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomon­lama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo'lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'langan holda amalga oshiriladi.


216




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin