Maktabgacha pedag


Mavzu yuzasldan test topshiriqlarl



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə65/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   260
F

Mavzu yuzasldan test topshiriqlarl:

  1. Asosiy estetik kategoriya bu ...

  1. axloqiylik kategoriyasi

bj go'zallik kategoriyasi v) bilimlilik kategoriyasi g) madaniyatlilik kategoriyasi

  1. Estetik ong asosini nima tashkil etadi?

  1. bilim

  1. tafakkur

v) estetik idrok g) estetik bilish


217



  1. Estetik ong bu ...

  1. ijtimoiy voqelik

  2. san'at, muloqot jarayonida shakllanadigan g'oyalar v) badiiy fikr mezonlari

g] hamma javoblar to'g'ri

  1. «Badiiy tarbiya» - bu ...

  1. san’at vositalari bilan tarbiyalash

  2. idrok orqali tarbiyalash v) estetik ehtiyoj

g) estetik idrok

  1. Maktabgacha yoshidagi bolalarni estetik jihatdan tarbi- yalashning vositalari bu ...

  1. tevarak-atrofdan olingan taassurotlar

  2. tabiat, san’at asarlari

v) bolalarning tasviriy faoliyatlari, bayramlar g) hamma javoblar to'g'ri


218



  1. BOB. MEHNAT TARBIYASI


Mehnat tarbiyasining nazariy asoslari

Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechiri- shi uchun hamisha asos bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo'lganligi sababli ham fuqarolar uchun majburiydir.

Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun sarflagan vaq- ti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.

Barcha tirik mavjudot nimanidir iste'mol qilish hisobiga ya- shaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurt- qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay ol- maydilar. Xuddi shuningdek, odamlar ham uzluksiz ovqatlana- di, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli odam­lar kiyinishadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, ijod qili- shadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tirikchilik manbayi boigan pul kerak. Pul topish uchun, o'zlariga kerakli narsa- larni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari zarur. Mehnat jarayonida oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsa- lar yaratiladi. Mehnat inson hayotini mazmunli qiladi. Odam­lar mehnat qilish jarayonida sogiiqlarini mustahkamlaydilar, obro' orttiradilar va o'z kelajaklarini yaratadilar.

Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulugiab kelgan- lar. Bizga ulardan meros bo'lib qolgan barcha xazinalar - ilmiy, badiiy kitoblar, san'at asarlari, me'morchilik obidalari mehnat mahsulidir.

Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo'shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muham­mad Bobur kabi bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufay­li ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishgan, yoshlarni ham mehnat qilishga chaqirishgan. Shu boisdan jahonning barcha xalqlari


219





aqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqollarida ham mehnat tar- yasi markaziy o'rinlarni egallagan.


Azaldan mehnatkash, tinib-tinchimas xalqimiz o'zining ehnati bilan bog'larni gulistonga, cho'lni bo'stonga aylantirib :lmoqda. Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytil- in dono naqllari hozirga qadar ham o'z qadrini yo'qotgani )‘q. Masalan:

  • Mehnat qilsang, ko'ksing tog',

  • Hurmat qilsang, diling bog'.

  • Mehnatli non-shakar,

  • Mennatsiz non-zahar.

  • Mehnat baxt keltirar.

  • Mehnat qilib topganing Qandu asal totganing.

Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug'laydi, uning imarasi haqida fikr yuritadi.

O'zbek bolalar yozuvchisi va shoirlari ham kattalar mehnati- ng mazmunini yoritib berganlar. Bunga Q.Muhammadiyning !tik”, "Bir hovuch yong'oq", Q.Hikmatning "Suv” kabi she’rlari isol bo'ladi.

Yuqorida aytganlarimizdan ko'rinib turibdiki, mehnat ir qanday moddiy va ma’naviy boyliklarning asosiy man- lyi, shu bilan birga shaxsni har tomonlama kamol toptirish- ing muhim vositasidir. Mehnat jarayonida insoniy xislatlar- ing faol namoyon bo'lishi uchun eng qulay sharoitlar yarata-

  1. va har bir kishida ma’naviy qoniqish hosil qiladi.Har bir bola aktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok eti-

  2. zarur. Bolalar bog'chasida, oilada bajariladigan uncha mu- ikkab bo'lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga /lanishi kerak.

Bola mehnatning ahamiyati va mohiyatini tushunib yeti- li uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o'zlari ajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiya- r uyushtiradi.


220





Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti deylik. urilish maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular o'tarma kran bilan tushiriladi. Keyin bolalar g'isht teruvchi- tr, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, bo'yoqchilar lehnatini kuzatadilar.


Bolalarni qurilish bilan tanishtirish davomida bilib olgan archa tasavvur va tushunchalari, ularning ko'zi oldida ajo- ib bino bunyod etgan kishilar mehnatining go'zalligi namo- □n bo'ladi. Tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga ill soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi ilan birgalikda ularning mohirona chizgan rasmlari natijasida ainni idishlarning har xil jilo berib turlanishidan zavqlanib, Jlarning qoilari gul ekan", deydilar.

Bularning barchasi bolalarda kishilar mehnatiga muhab- at uyg'otadi. Pedagog bolalarni mehnatning moddiy boylik eltiruvchi tomonini ham, estetik tomonini ham ko'ra bilish- a o'rgatadi. Bahor kunlarining birida tarbiyachi bolalarni da- ixtlar gullab turgan boqqa olib kiradi. Gulsafsar va piyongul ilan o'ralgan yo'lkalarga qum sepilgan, daraxtlarning tanasi Dg'bonlar tomonidan ohak bilan oqlangan. Tepada esa gullab lrgan o'rik, gilos, olma, olcha, shaftoli, gullarning atrofida salarilar guvillashib uchib yuribdi. Bularning hammasi bo- ilarda ajoyib zavqli kechinmalar uyg'otadi.

Mehnat bolalarning jismoniy rivojlanishida zarur shart- rdan biri hisoblanadi. Mehnatda bola o'zining ishlash, ha- ikat qilish ehtiyojini qondiradi, harakatlarning aniq, uyg'un o'lishini ta’minlaydi. Mehnat jarayonida bola organizmining mumiy hayotiy faoliyati, uning chidamliligi ortadi. Bolalar- ing turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar lehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot aqida, kishilarning o'zaro munosabatlari to'g'risida, narsalar a ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari aqida, qurilmalar va asboblar to'g'risida muayyan tasavvur- rga ega boiishlariga yordam beradi.


221





Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, bilib ol­gan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish, ijod- korlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog'ozni buklash, kerak­li uzunlikni o'lchash, andozaga qarab shaklni qirqib olish ka­bi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atama- lardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so'zlab be- rishga to'g'ri keladi. Bular bola nutqini yangi so'zlar bilan bo- yitadi, uning mantiqiy bog'liq ravishda grammatik jihatdan to'g'ri shakllanishiga imkon beradi.


Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak. MTMdagi mehnat ular­ni maktabdagi politexnik ta'limga tayyorlaydi.

Mehnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qancha- lik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir bolani o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishga, uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o'zini shu jamiyatning a'zosi deb his etishiga imkon yaratadi.

Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shu­ning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim aha- rniyat kasb etadi.

Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol ang- lay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin