Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə10/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   260
F

Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadq- iqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlar- ning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat- lari aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperi­ment orqali ta’lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud rauammo- lar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma’lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jara- yonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash­kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga arala- shadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay­yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlab- ki ma’lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek., eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga oiishni tal- ab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini beigilash, eksperiment natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular daraja- sining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperi-


32





ment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla- rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish belgilangan rejaga qat'iy amal qilgan holda olib borilish kerak. Sharhlash bosqichida ma’Iumotlar yig'iladi va qayta ishlana- di. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya'ni:

  1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi,

  2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.

  3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol- ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga im- kon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash- yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalari- ning pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tan- lab olinadigan to'plam majmuining o'rtacha kvadratik chet- ga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuza- tish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo'llanilishidir. Mustaqil O'zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Bi- roq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham borligi ko'zga tashlanmoqda.

Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashti- rish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foy- dalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qara­tilgan faoliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning il­miy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda- goglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuch - g'ayrati me- zonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir


33





tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosalar haqida peda­gogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsi- yalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisa- lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o'rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilish- da ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umum- lashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.

Shuningdek, bolalarning umumiy miqdori, uning o'sishi yo­ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash cho- ralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e'tibor beriladi.

Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda­gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo­lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik did- lari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib tura- di. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va ta- komillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil- gan.

Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe­dagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mab- lag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'Uanma- lari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, mak­tab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi.

Anketalar metodi - bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni olish


34





uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun ham­da kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlan- gan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chikishi ko'zda tutiladi.

Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi an- keta metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar soniga bog'liq bo'ladi. Odatda, anketalar anketa ma'lumotlarni EHM da qo'llab, matematik-statistik metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi sababli bog'lanishlari va bog'liqliklarini aniq- lashga yordam beradi.

Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozir­gi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisob­lash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qo'llanilishini talab qiladi. Pedagogik kiberneti­ka shakli bilim berish jarayonini o'qitish, bilim berish jarayo- nini boshqarishning alohida formasi sifatida o'ziga xos xususi- yatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqa­rish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida katta farq bor.

Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televi- deniye singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam bera­di. Bolalar uchun qo'shimcha rag'batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular o'qituvchilar mehnatini ma’lum maqsadda yengil- lashtiradi. Ko'rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yo- shini hisobga olgan holda o'quv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.

Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan mu- nosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabat-


35





larini aniqlash, o'zi ta’lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtida- gi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlari daraja- sini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il­miy dunyoqarashining shakllantirishida ta’sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillik- ka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlar- ni aniqlashdir.

Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor- lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivoj- lanishining kafolatlari ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi,

MAKTABGACHA TA’LIM TARIXI MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

XIX asming ikkinchi yarmi XX asrda Shveysarya, Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo’lgani holda maktabgacha pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga kiritdi.

Fridrix Frebel (1782-1852).

Fridrix Frebelning pedagogik tizimi




36





Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bo lalar bog ’chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, deb aytgan. C’hunki bolalar bog’chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo‘lgan. Bolalar bog’chasi tarbiyachilarini nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglami bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha oila o‘mini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog’bon qizlardan oVganishi mumkin bo‘lgan.

Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o'taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, jazolaming yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».

Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o'yinlarni o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta'kidlash kerakki, aynan Frebel didaktik o‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy


37





ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va ichki olamning erkin namoyishi»dir.

RFrebel mayda motorika yordamida bolalar nuqtini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.

Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha awal so‘zlay boshlaydi.

Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlami taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar, bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yhilar; qum o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan. Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. 0‘yin jarayonida bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning fikricha, awaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug’ullanisli va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g’oyaniu chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko'p ishlarni amalga oshirdi.

F.Frebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini rivojlantirish zamr, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash,


38





bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar to‘plami boigan, bolalar gullarni guruh bo'lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o‘simlik ekilgan tuvak ham boigan.

F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi - barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealami aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini tushungan. Soiigra bolalaming gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va «bog’bon qizlax»ning (ya’ni, tarbiyachilaming) ashulalarini tinglagan.



  1. Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik namoyishlariga qarshi boigan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga moijallangan. Bu bolaning turli ko‘nikmaIan va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalami ko‘zda tutadi. FFrebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:

Birinchi tuhfa bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki shaming burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha may da, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bogiangan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar boigan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona shami kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo'q» deb aytadi.


39





fldrinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolaming turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan shaming aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr shaming ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.

Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub o‘rtasidan boMingan, har bir qismi esa - to‘rt bo‘lakka. Buning yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini rivojlantirish, kubiklardan narsalar qurish, ulami turlicha kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo'ladi.

To‘rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga bo‘lingan.

Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.

Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga boMingan kub, ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.

Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra bo‘lingan.

Shu tarzda Frebel bo'yicha bolalar bog’chasining maqsadi va tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:


  • faoliyatning 3 ta turiga - o'yin, o'quv, mehnatga yo‘naltirilganlik;

  • bola hissiyotlarini rivojlantirish; bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;


40





  • ko‘rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni anglash;

  • odamlar bilan muloqot qilish;

  • bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish;

  • bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.

F.Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki,

uning pedagogik yondashuvlari K.D.Ushinskiy, E.A.Flyorina,



  1. N.Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, awalo, quyidagilar:

  • bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar» tizimiga almashtirilgan;

  • bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi;

  • bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;

  • bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z.

Shunga qaramay, F.Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning ijodiy salohiyatini namoyon boiishiga ko‘maklashadigan sharoitni ta’minlovchi muhitni yaratish boigan. Ayni paytda bu bolada noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, masalalami hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi.

Maktabgacha tarbiya g’oyasini targ’ib etish va bolalar bog’- chalarini ommalashtirish yoiida ulkan ishlami amalga oshirdi. Olim bolalaming yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi.

Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog’chalari maktabgacha tarbiya tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qoilanmalar bilan boyitilgan tizimini yaratdi.

Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta'lim in- stitutining tashkil etilishi muhim voqea boidi. Bu ta’lim mas- kanida Maktabgacha ta'lim bo'yicha mutaxassis kadrlar tay-




41





yorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan "Maktabgacha ta'lim" bo'yicha butun ittifoq anjumani bo'lib o'tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta'lim sohasini tashkil etish, bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o'rin oladi.

Maktabgacha ta'limga bag'ishlangan butunittifoq anjumanlar:



  • 1921 yil - ikkinchi anjuman

  • 1924 yil - uchinchi anjuman

  • 1928 yil - to'rtinchi anjumanlar bo'lib o'tgan.

Bu anjumanlar ijtimoiy Maktabgacha ta’lim muassasalarini kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta'minot masalalari, shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta'lim sohasini ilmiy tadqi­qot ishlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.

Maktabgacha ta'lim pedagogika sohasi rivojiga pedagog olim va psixologlardan: S.T.Shaskiy, V.N.Shasskaya, L.K.Shleger, Ye.I.Tixeeva, L.I.Chulishskaya, Y.AArkin, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Maktabga­cha pedagogika bo'yicha dastlabki qo'llanma "Ilk yosh peda­gogikasi va Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodik xatlar” nashr ettirildi.

1930-yillarga kelib, maktabgacha pedagogika sohasi jadal- lik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda maktabgacha bo­lalar muassasalari soni ham o'sib bordi. Maktabgacha pe­dagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan A.R.Luriya, S.L.Rubenshteyn, B.G.Ananev, pedagog-olimlardan P.N.Gruzdeva, Y.N.Medinskiy, I.F.Svadkovskiylarning roli katta bo'ldi.

1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan "Doshkol- noe vospitanie" jurnali nashr etildi. Bu jurnal o'z ichiga quyi- dagi bo'limlar:



  • Maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyoti

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va jihoz- lash

  • Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo'llanmalar)


42





  • Chet ellarda Maktabgacha ta'lim tizimi

  • Ug'or ish tajribalaridan namunalar

  • Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat bo'lgan.

Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons­kiy (1884-1941):

  • Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)

  • Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko'nikmalari mu- allifi, asosan bolalikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borgan olimdir.

Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u Maktabgacha ta'limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "De- ti - rabotyagi budushego” (1908) asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan.

Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta’lim sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali dlya besed s malenkimi detmi”, “Prakticheskaya rabota v dets- kom sadu" (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktab­gacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok et- gan.

Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigie- na detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta” (1938 g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu", "Igri v doshkolnom vozraste” asarlari Maktabgacha ta'lim sohasi rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek, u Maktabgacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.

Yelizaveta Ivanovna Tixeeva (1867-1943) pedagogik faoli­yatini XIX asrning 90-yillarida boshlagan, 1913-1917-yil-




43





larda u Sankt-Piterburg jamiyatining Maktabgacha ta'lim bo'limining rahbari bo'lib faoliyat ko'rsatgan. 1920-yilda Y.I.Tixeeva - Petrograd maktabgacha pedagogika institutin- ing professori, keyinchalik A.I.Gersen nomli Pedagogika insti- tutida ma'ruzalar o'qigan. Uning rahbarligida institut qoshida tashkil etilgan bolalar bog'chasi ilmiy-tadqiqotlar va labora- toriya bazasi bo'lib hisoblangan. Muassasada - nutq o'stirish, sensor tarbiya, mashg'ulotlarda didaktik o'yinlarni tashkil etish metodikalari bo'yicha ishlar olib borilgan.

Uning "Detskiy sad” (1928 g), "Razvitie rechi doshkolnika” (1937 g) nomli kitoblari maktabgacha yoshdagi bolalar tarbi- yasi rivojiga katta hissa qo'shdi.

Lev Semenovich Vigodskiy (1896-1934) - umumiy va maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasi bo'yicha tad- qiqotlar olib borgan. U psixik jarayonlarning aqliy tarbiya va ta’limga bogiiqlik masalalari, turli yosh davrlar xususiyatlari ustida ish olib borgan. Uning "Obuchenie v razvitie v doshkol- nom vozraste" nomli risolasida bolalar bog'cha programmasi tuzishda psixologik jarayonlarga ahamiyat qaratilishi ta’lim, bilim berish, o'qitish masalalari yoritib berilgan.

Anton Semenovich Makarenko - (1888-1939). Taniqli pe- dagog va yozuvchi bo'lib o'z Vatani va chet ellarda o'zining pe­dagogik asarlari bilan mashhur boigan. U 1920-yilda "Bolalar koloniyasi” ni tuzdi. Unda voyaga yetmagan va tartibbuzar bo­lalar tarbiya qilindi. 1927-yilga kelib, F.E.Dzerjinskiy nomli bo­lalar kolonnasi tashkil etdi. U Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash (o'yin, mehnat va boshqa faoliyatlarda) usullarini ko'rsatib bergan. U ta'limda "Metodika organizatsi- ya vospitatelnogo protsessa”, "Stil rabot s kollektivom", "Stil vospitaniya”, "Obshie usloviya semeynogo vospitaniya" nom­li risolalari yaratilgan. Olim oilada bola tarbiyasi masalalari bo'yicha ham tadqiqotlar olib borgan.

O'tgan asrning 40-60 yillariga kelib, Maktabgacha ta'lim so­hasi jadallik bilan rivojlandi. Maktabgacha ta’lim muassasala- riga boigan talab ortishi munosabati bilan turli (kecha-kun-


44





duz) yo'nalishdagi sanatoriya, bolalar internatlari tashkil etil- di. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda 1943-yilda Pedagogika fanlari Akademiyasida Maktabgacha ta’lim sekto- rining tashkil etilishi katta voqea bo'ldi. Bu yillarda bolalar­ning aqliy tarbiyasi muammolari, elementar matematika na- zariyasi va metodikasi bo'yicha tadqiqot olib borgan pedagog A.M.Musina "Maktabgacha pedagogikaning didaktik materi- allari” asosini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan B.I.Xachapuridze, maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyati bo'yicha tad- qiqotlar olib borgan YA.Flerina, bolalar bog'chasida ta'lim-na- zariyasini (o'qitish) ishlab chiqqan pedagog olima A.P.Usova kabi pedagog-olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar Maktabgacha ta'lim sohasi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Yefim Aronovich Arkin (1873-1948) - pedagogika fanlari doktori, shifokor va pedagog olim. U bolalar jismoniy tarbiya­si, bolalar gigiyenasi sohasida ilmiy asarlarni yaratdi. Uning asarlari: "Doshkolniy vozrast” (Maktabgacha yosh)(1948), "Ota-onalar uchun qo'llanma va ta’lim”. U turli yosh davrning jismoniy va psixik rivojlanishi qonuniyatlarini ishlab chiqqan olimdir.

Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1888-1952) - taniqli oli­ma, pedagogika fanlari doktori, professor, Pedagogika Fan­lar Akademiyasi muxbir a’zosi. U ijtimoiy Maktabgacha ta'lim tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yetak- chilik qilgan. U maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy este- tik jihatdan rivojlantirish muammolari ustida ish olib borgan. Uning rahbarligida "Maktabgacha pedagogika” darsligi yaratil- gan.

Shuningdek, u maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi- ni o'stirish metodikasi ustida tadqiqotlar olib borgan. U "Es- teticheskoe vospitanie doshkolnika” va bir qancha qo'llanmalar muallifidir.

Aleksandra Platonova Usova (1898-1965) - maktabgacha pedagogika sohasida ko'zga ko'ringan olima, Pedagogika Fan­lari Akdemiyasi muxbir a’zosi. U 1930-1941-yillar mobayni-


45





da A.I.Gertsen nomli Leningrad Davlat Pedagogika institut­ing Maktabgacha ta'lim kafedrasini, 1945-1960 yillar Mak­tabgacha ta'lim sektori va didaktika sektorini boshqargan. U maktabgacha yosh davrining o'yin, ta’lim, sensor tarbiya, ped­agogik jarayonlarni tashkil etish muammolari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bolalar bog'chasi programmasi barcha metodikalar bo'yicha qo'llanmalar yara- tildi. U tomonidan: "Obuchenie v detskom sadu” (M-1970 g), “Sensornoe vospitanie doshkolnikov” (M 1963 g), "Russkoe narodnoe tvorchestvo v detskom sadu” (M-1972 g) kabi man- balar yaratilgan.

Nina Pavlovna Sakulina (1900-1976) - pedagogika fanlari doktori, tasviriy faoliyat bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog. U san’at institutidagi maktabgacha sektori boiimini boshqargan. A.P.Usova, A.V.Zaporojes kabi olimlar bilan birga- likda maktabgacha yoshda sensor tarbiya tizimini ishlab chi- qishda qatnashgan. U tomonidan: "Risovanie v doshkolnom detstve” (1965 g) asari K.D.Ushinskiy mukofotiga sazovor bo'lgan. U asosiy diqqatini Maktabgacha ta'lim ishlariga, tarbi- yachi, metodist, o'qituvchilarga metodik yordam berishga qa- ratdi.

Oradan yillar o'tdi, ko'p narsalar hozirgi davr qarashlari- ga mos ravishda qaytadan ko'rib chiqilmoqda, yangilanmoqda. Rivojlanishning yangi bosqichida, globalizatsiya va axborot oq- imini hisobga olgan holda F.Frebelning pedagogik yondashuv- lari hamon maktabgacha ta'lim tizimida qo'llanilmoqda. Yuqorida sanab o'tilgan usullar, zamonaviy yondashuviarga mos holda uslubiy qayta ishiangani holda maktabgacha ta’lim muassasalarida qo'llanilmoqda.

Endi esa xayolan o'tmish va maktabgacha ta’limning zamo­naviy yondashuvlari o'rtasida ko'prikyasaymiz.

Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni hal qilishga, nafaqat an'anaviy, balki noan'anaviy ijodiy yechim- lar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o'rgatish ke-


46





rak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoni- yatiga ega bo'ladi.

Ta'limning tahlili shuni ta'kidlash imkonini beradiki, zamonaviy ta’lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. Q'zbekistonning maktabgacha ta’lim muassasalarida o'quv- ta’lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab­gacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat ta- lablari» va “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.

"Ilk qadam" MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabi­at», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San'at markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish». Guruh bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.

Taqqoslash asosida, maktabgacha ta'limning tarixi bilan hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz. E'tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi"da ta’limga nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu jihat bolalar bog’chasida bolalar faoliyatini tash- killashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar guruhi yog'och kublardan minora yasay- di, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomi- da ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi - yiqila- dimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mum­kin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?” va h.z. Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitil- gan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.




47





Shunday qilib, bolaning faoliyatida uning xatti-harakat- lari rivojlanishining asosi hisoblanadi. Masalan, kubiklardan, geometrik shakllardan uy quradimi, ertak, hikoya to'qiydimi va h.z. Muhimi, u izlanishda bo'ladi, o'ylaydi, individual ravish- da va hamkorlikda qarorlar qabul qiladi. Bu esa bolaga o'zining ijodiy faolligmi namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida ushbu fan­ning metodologik asoslari yaratildi.

Tayanch tushunchalar:

Burch - kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin