O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TEXNOLOGIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI
fanining
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Bakalavriat yo’nalishi: 5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport-
tarbiyaviy ish
Samarqand 2019
Kirish
Ushbu dastur mehnat ta’limining tarixi va rivojlanishi, bo’limlari, mehnat ta’limi sohasini tashkil etish shakllari va mazmuni, ish turlari bo’yicha darslarni tashkil etish va o’qitish usullari kabi masalalarni qamrab olgan.
O`quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsadi - talabalarni boshlang’ich sinflarda мehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - Boshlang’ich maktablarda "Mehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Daviat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim berish.
Fan boyicha talabalarning bilimiga, kunikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
- Mehnat va uni o’qitish metodikasi fanidan talabalar mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o’quv vositalari darslik, o’quv qullanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash metodikasini, mehnat fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni bilishi kerak.
- O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari, dars ishlanmasida o’quv jarayonini (o’quv materiali unga mos metod, vosita va o’qitish shaklini tanlab) rivojlantirish, dastur, darslik, metodik qo’llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish, o’zlari qiziqqan yo’nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv ishi tarzida), turli jarayonlarni bajaruvchi turli xom-ashyolar bilan ishlovchi ishchilarning ish xususiyatlari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Turli xom-ashyoga ishlov berishda asboblardan unumli foydalana olish, tayyorlanadigan (yasaladigan) buyumlar chizmasini shartli tasvirini o’qiy olish, yasaladigan buyumlar andozasi, chizmasini tuza olish, texnika xavsizligi qoidalarini bilish, mehnat tozaligi va madaniyatiga amal qilish malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |