O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining fan dasturi


Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviy va ketma-ketligi



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə2/8
tarix08.03.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#87004
1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnat va uni o\'qitish metodikasi

Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviy va ketma-ketligi

Mehnat va uni o’qitish metodikasi fani asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, 5-6 - semestrlarda o’qitiladi. Mehnat metodikasi fani pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog’liq. Mehnat metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona till, matematika, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bog’lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlarini, ya’ni eksperementga, to’garak ishlariga, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarni o’rganish va ommalashtirishga, referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va nihoyat bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar bo’yicha o’rganish tavsiya etiladi.


Fanning ta`limdagi o`rni

Mehnat va uni o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo’lib, fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malaka va ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi.


Mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqlie o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarnirig rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Metodika kursini o’rganish talabalarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Mehnat ta’limi metodikasi kursini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalarning pedagogika amaliyoti davrida va Universitetni bitirgandan so’nggi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.



Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin