Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə128/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   260
F

Inklyuziv ta'lim - ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu hoi pedagog tomonidan ta’lim jarayonini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishi, ayniqsa, o'ziga xos bolalarninig individual xususiyatlarini e’tiborga olishni


414





anglatadi. Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada bolalar bir-biri bilan o'zaro aloqa bog'lashi, jinsi, irqi, millati, madaniyati, yili, e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy- iqtisodiy holatidan qat'iy nazar, boshqa kishilar bilan o'zaro do'stona munosabatlar o'rnatishga o'rganadi. Shu munosabat bilan aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish huquqini ta’minlashi lozim degan g'oya ilgari surilib, bu quyidagi tamoyillarga asoslanadi:


  • Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishilgan yutuqlari bilan belgilanmaydi;

  • Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir;

  • Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir.

  • Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi;

  • Chinakam ta'lim muayyan o'zaro munosabatlar doirasida amalga oshirilishi mumkin;

  • Barcha insonlar qo'llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do'st bo'lishga ehtiyoj sezadi;

  • Ta'lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo'lidan kelmaydigan ishdan ko'ra, uddalay oladigan ishda ko'proq namoyon bo'ladi;

  • Rang-baranglik inson hayotiga bog'liq;

  • Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs ekanimizni tan olish;

  • Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta'minlash, ya’ni dasturning har bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi talab-ehtiyojlari hamda maktabgacha ta’lim muassasasi va unda tashkil etilgan qisqa guruhlarning umumiy maqsadlarini e’tiborga olgan holda tuzish;

  • Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning o'kishini, ularning rivojlanishi va maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirokni qo'llab-quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba to'plash;



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin