Pedagogik strategiya - bu bolalarni qo'yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo'llaydigan muayyan uslublar yig'indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e'tiborga olish tashkil etadi. Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti- bu faollikning turli shakllaridan iborat ta’lim jarayonini amalga oshirish funksionallik, jihozlarning yetarliligi, ko'p darajaliligi (rivojlanishi turlicha bo'lgan bolalarning o'z maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan) va funksionalligi (bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta’minlaydigan) bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.