Maktabgacha pedag



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə194/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   260
F

541



maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

bolalar hayoti va sog'Iig'ini muhofaza qilish hamda ta’lim- tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi;

o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim


542





muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;

davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin