Maktabgacha pedag


Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo’yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə36/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   260
F

Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo’yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.

Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni maium bir kasbga yo'naltirish og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz taiim va tarbiyaviy faoliyat- ning mahsulidir.


Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida o'qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yoi, avvalo, taiim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo'lgan yana bir buyuk zot - o'qituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga ola- miz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargoh-


101





ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, na- faqatyoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladi- gan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi.


Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil 0‘zbekistonning is- tiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mu- vaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi-o'qituvchiga, uning sa- viyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazish- ga nisbatan shijoatiga bog'liq.

Ma’lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon be- vosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib borila- di. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tuti- layotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va dars- dan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ular­ni bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchilar zimma- sigayuklatilgan.

Tarbiya - o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuv- chi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tar- biyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashti­rish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyat- ning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har to­monlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashi- ni, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralar- iga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his- tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al- hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo fa- lokat, yo saodat - yo razolat masalasidur”4 - deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqat-



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin