Ilmiy daraja - muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakasi darajasi
Nazorat uchun savollar:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifa- sini tushuntiring.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nechta bosqichni o'z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy komponentlari.
Maktabgacha taiim konsepsiyasining maqsad va vazifala- rini izohlang?
Ilk qadam o'quv dasturining asosiy g'oyasini yoritib bering?
"Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarfning maqsad va vazifalari nima- larga asoslangan?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlari nechta katta sohadan iborat? 8 ta 10 ta
v) 5 ta
g) 4 ta "Ilk qadam” dasturi qaysi hujjat asosida ishlab chiqilgan? maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari
kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v) Davlat maktabgacha taiim muassasasi to'g'risidagi N1- ZOM
g) "Taiim” to'g'risidagi qonun; Ilk qadam dasturining maqsadi....
Ill BOB. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni
O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan is- lohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ish- lariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyat- ida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim be- rishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qim- mati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql- idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzand- lari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukli- gi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas’uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etish- ga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib bor- ish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yor- dam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bili- shi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga
100
binoan «1-oktyabr Maktabgacha taiim xodimlari - o'qituvchi murabbiylar kuni» deb eion qilindi. Bu voqea davlatimiz- ni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligi- dan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi aiochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha taiim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar say- lanishi ham ularga boigan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oy- lik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yax- shilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.