O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 30,25 Kb.
səhifə1/2
tarix14.11.2022
ölçüsü30,25 Kb.
#68998
  1   2
Baxodirova Jasmina


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitet
Gumanitar fanlar fakulteti
Milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi” kafedrasi
Milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi” bakalavr yonalishi

MA’MURIY HUQUQ ” fanidan


MUSTAQIL ISH



Mavzu: Ma’muriy hujjat




Bajardi: 1-kurs talabasi Bahodirova Jasmina
Tekshirdi: Hojiyev R.B
Chirchiq-2022


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy meʼyorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir[1].

Vazifalari va vakolatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]


Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy yoʻlini amalda roʻyobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq

  1. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolariga doir masalalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

  2. oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻyicha ishini muvofiqlashtiradi;

  3. tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga koʻmaklashadi;

  4. belgilangan tartibda va oʻz vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari bilan va tashqi siyosiy muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnoma va bitimlar tuzadi;

  5. Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini taʼminlaydi hamda bu shartnoma va bitimlar asl matnlarining depozitariysi hisoblanadi;

  6. tegishli davlat shartnoma va bitimlarini ratifikasiya qilish uchun belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi;

  7. Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan davlatlararo shartnoma va bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hujjatlar yigʻma jildida saqlash, roʻyxatga kiritish yoki eʼlon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga belgilangan tartibda yuboradi;

  8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;

  9. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti, Oliy Majlis raisi,Oʻzbekiston Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining xorijiy davlatlarga tashriflarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat diplomatik protokoli toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq protokol jihatdan tayyorlaydi va tashkiliy taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;

  10. xalqaro konferensiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar majlislari ishida qatnashish uchun Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy hay’atlarini tuzadi va yuboradi;

  11. xorijiy davlatlarning rasmiy davlat hay’atlarini qabul qilishni tashkil etadi va unda ishtirok etadi hamda siyosiy, diplomatik, protokol va vakillik ishlarini olib boradi;

  12. iqtisodiyot, madaniyat, ilmiy-texnikaviy ayirboshlash va savdo sohasida Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, jamoat birlashmalari va fuqarolarining xalqaro aloqalari rivojlanishiga koʻmaklashadi;

  13. Jahon axborot agentligi orqali chet elda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati toʻgʻrisida xolisona axborot tarqatishga koʻmaklashadi;

  14. Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik, idora va tashkilotlariga diplomatik protokol sohasida, ular tomonidan elchixonalar va boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan aloqalarning amalga oshirilishida koʻmaklashadi;

  15. Respublika hududida ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarni amalga oshiradi;

  16. xalqaro huquq meʼyorlariga va Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditasiya qiladi;

  17. xorijiy muxbirlarni akkreditlash qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi, boshqa davlatlarning jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va uchrashuvlar oʻtkazadi;

  18. xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarning vakolatxonalari va missiyalarini akkreditasiya qiladi;

  19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxona va xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq oʻz funksiyalarini bajarishlarida ularga koʻmaklashadi;

  20. chet elda yashovchi vatandoshlar bilan aloqa va munosabatlarning rivojlanishiga koʻmaklashadi;

  21. pasport — viza hujjatlarini rasmiylashtiradi;

  22. mahalliy va xorijiy yuridik shaxs va fuqarolar uchun hujjatlarni talab qilib olish va legalizasiya qilish ishini belgilangan tartibda yuritadi, fuqarolik holati va notariat hujjatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa konsullik masalalarini hal etadi;

  23. Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari boʻyicha taqdimnomalarni koʻrib chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi;

  24. tashqi siyosiy faoliyatga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi, respublika qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar tayyorlaydi.


Yüklə 30,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin