Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari. Reja: Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati
О‘qitish metodlarining tasnifi.
Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar.
Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qо‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir. Ta’lim nazariyasida о‘qitish (ta’lim) metodlari markaziy о‘rin egallaydi.
«Metod» yunoncha metodos sо‘zidan olingan bо‘lib, «yо‘l», tadiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi-talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.1 Metoddar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy (emiirik) metodlar mavjud.
Metod — metod (yunoncha — aynan nimagadir yо‘l) maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Yunoncha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qо‘llaniladigan «metod» terminini kishilarning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni о‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bо‘lishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi.
Metod tanlashda, albatta, ayrim о‘quv predmetlarini о‘ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog‘i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida kо‘pchilik о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan umumiy о‘kitish metodlari bilan birga ayrim о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilgan о‘ziga xos xususiy metoddar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan xususiy metodlar umumiy о‘qitish metodlari bilan mustahkam bog‘liqdir.
Ta’lim metodlari о‘qitishning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda о‘quv materialini nazariy va amaliy yо‘naltirish yо‘llarini anglatadi.
О‘qtish metodlari ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi faoliyatining qanday bо‘lishi, о‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda о‘quvchilar qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
Ta’lim metodi о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning о‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yо‘lidir.
О‘qituvchi insoniyat tajribasida tо‘plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bо‘lmagan bolaning ongi о‘rtasida vositachilik rolini о‘naydi.
Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarini ta’lim olmasdan, о‘qituvchisiz, mustaqil holda о‘zi tizimli tarzda о‘zlashtira olmaydi. О‘qituvchining eng kata xizmati о‘quv materialini о‘zlashtirishning muayyan yо‘l, usul va priyomlarini belgilashda namoyon bо‘ladi.
Ta’lim metodi о‘quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yо‘li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari о‘qituvchining о‘quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga о‘qituvchining ish usullari va о‘quvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham о‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir.
Ta’lim metodlari о‘qituvchi va о‘quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog‘liq bо‘ladi.
Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog‘liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari tо‘g‘ri anglash natijasidir.
Ta’lim metodlari о‘quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig‘iga bog‘liqdir. О‘quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora kо‘proq bog‘liq bо‘lib qolmoqda.
Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning о‘quv materialini о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi о‘qitish va о‘qish usullariga juda katta ta’sir kо‘rsatadi. О‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish о‘qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Ta’lim metodlari о‘sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog‘liqdir. О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik о‘sishni hisobga olish kerakki, ta’limning kо‘pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog‘liq, maktabdagi gigiyena sharoitlari aynan shu о‘sishga bog‘liqdir.
Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bо‘lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qо‘llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi.
Amaliy yо‘llanganligi ta’lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog‘langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bо‘lsa, ta’lim metodlari о‘shancha samarali bо‘ladi. Pedagogika fani о‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini umumlashtiradi, an’anaviy ta’limning ilmiy asoslarini kо‘rsatib beradi, о‘qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.