3. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari Maktabgacha pedagogika o‘z tadqiqot ob'ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi maktabgacha pedagogika fanini ham rivojlanib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni takomillashtirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.
Adabiyotlar bilan ishlash metodi. Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganilgan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar, qonunshunoslikka oid huquqiy hujjatlar kiradi. Shu bilan birga pedagogika faniga oid bӯlgan tarixiy pedagogik adabiyotlar, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarining qay tomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.
Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi. Maktabgacha pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta'lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o‘rganish jarayonidagi muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, anketalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o‘rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. Ma'lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta'lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqyea xodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o‘tkaziladi.