Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan 2-topshiriqlar to’plami



Yüklə 111,25 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü111,25 Kb.
#203919
  1   2   3   4
Alimova G Maktabagcha




MAKTABGACHA TA’LIM ASOSLARI
Fanidan 2-topshiriqlar to’plami
10-22 guruh talabasi Alimova Gulbaxor


Ta’limkafedrasio‘qituvchisiX.M. Xo‘jamatova
Maktabgacha ta’lim asoslari fanidan 2-mustaqil ta’lim yoʻriqnomasi


Topshiriq – 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning turli yosh guruhlarida rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini jadvalda ko’rsating.



3- yosh



Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlarini idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi.

4- yosh



Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanish id a jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha harakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi.

5- yosh



Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo'Iadi

6- yosh



Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning ol- dini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi.

7- yosh



Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo’yi 120 sm ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi- lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.


Yüklə 111,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin