Topshiriq -3. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar mavzusida quyidagi savollarga javob yozing. ( O‘z fikrlaringiz asosida ) Shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan qaysilarini bilasiz?
Javob: Shaxsning rivojlanishiga asosan ichki va tashqi omillar ta’sir ko’rsatadi.Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs qanday jamiyatda yashasa o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo’lsa, u shaxsga shu qadar katta ta’sir ko’rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o’z moddiy va ma’naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi.
Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog’liq.
2.Sizningcha qaysi omilning shaxsga ta’siri ko‘proq? Fikringizni asoslang. Javob: Insonning shaxs sifatida rivojlanib,yetuk bo’lib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Lekin shaxsning kamol topishi uchun asosan maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiyaning ta’siri ko’proq.Chunki,jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o’tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya yetakchi rol o’ynaydi.Chunki:1.Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o’sishi va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o’rganib oladi. Masalan, tilni odamlarning ta’sirida o’rganib olish mumkin. Lekin o’qish, yozishni maxsus ta’lim orqali o’rganadi