MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA RAHBARLIK QILISH NUKUS INNOVATSION INSTITUTI 1-KURS 17/22 GRUX TALABASI Azimova Shaxlo
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA RAHBARLIK QILISH
Reja:
Maktabgacha ta'lim metodikasixonasi.
Metodik birlashmalar.
Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish .
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «llkqadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishlarini