Maktabgacha ta’lim bolalarini nutqini o’stirish


Metodika uyushmasi hujjatlari



Yüklə 8,27 Mb.
səhifə4/4
tarix01.09.2023
ölçüsü8,27 Mb.
#141262
1   2   3   4
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA RAHBARLIK QILISH

Metodika uyushmasi hujjatlari:


Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va elektron nusxasi.
Metodika kengashiga maktabgacha ta'lim boshqaruv organ- laridan yo'llangan hujjatlar nusxasi

O‘z ustida ishlash


Bu - maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviy- siyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi fao- liyatining keng tarqalgan shakllaridan biri.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ish rejasida maktabgacha ta’lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalanti chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o‘z ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e’tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'l-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak.

O‘z ustida ishlash


Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar o'z vaqtida hal etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi.
Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan ota- onalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota- onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!! 
Yüklə 8,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin