Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi dmttda 2022-2023-yil davomida olib borilgan ma’naviy ma’rifiy va ta’lim- tarbiyaviy ishlari to‘g‘risida



Yüklə 51,1 Mb.
tarix26.09.2023
ölçüsü51,1 Mb.
#148783
453-DMTT xisobot ta\'til


UCHTEPA TUMANI MTB TASARRUFIDAGI
453-sonli DAVLAT maktabgacha TA’LIM TASHKILOTI
NAVBATDAN TASHQARI QISHKI TA’TIL VAQTIDA PEDAGOG-XODIMLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR XISOBOTI



Toshkent 2023-yil
453-DAVLAT maktabgacha TA’LIM TASHKILOTINING
TA`TIL DAVRI DAVOMIDA PEDAGOG XODIMLARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HISOBOTI.

Respublika bo`yicha joriy yilning 10 yanvardan boshlab havo haroratining keskin pasayishi davrida ta`lim tashkilotlarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan issiqlik va elektr ta`minotidagi uzulishlarni hamda ta`ilim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarni o`rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko`payishini oldini olish, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 yanvardagi 1-sonli bayoni, O`zbekiston Respublikasi maktabgacha va Maktab ta`limi Vazirining 2023 yil 6 yanvardagi 1-sonli hamda Toshkent Shahar maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasining 2023 yil 7 yanvardagi 2-sonli buyrug`larida belgilangan topshiriqlar ijrosini va Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo’limining 2023 yil 9 yanvardagi 5-14-202-MT\2023-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida DMTTda 2023 yilning 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi.




Ta’til davomida DMTT tarbiyalanuvchilarda ularning ma`naviy olami rostgo`ylik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlarini rivojlantirish uchun kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida online chelenjlar tashkil etildi.
Ta`til davrida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari”ni amaliyotga tadbiq etgan xolda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek interaktiv ish shakllari orqali ota-onalarning ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb etish va boshlang‘ich ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishni ta’minlash maqsadida asosiy


qobiliyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutgan davlat dasturini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim va maktablarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida, pedagoglarning ish xujjatlari to`g`ri va maqsadli yuritilishi bo`yicha DMTT direktori tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Faoliyatlarni noan’anaviy tarzda ya’ni online tashkil etish uchun tavsiyalar berib borildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlarida ta’lim samaradorligini oshirish ishlari faoliyatlarni

ko’rgazmali va didaktik materiallar asosida tashkil etish ishlari qattiq nazoratga olindi.

Tashkilot tarbiyachilari tomonidan faoliyatlar uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlandi. Mashg’ulotlar uchun konspektlar, ko’rgazmali va tarqatma materialllar har bir yosh guruhlar uchun ko`rib chiqildi. Guruhlarda faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachilar tomonidan tabiat bilan tanishtirish, nutq o’stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish va matematika faoliyatlari uchun qator ko’rgazmali qurol va o’yinlar tayyorlandi.

Rivojlanish markazlarida ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlarni tashkillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tarbiyachilarga ish hujjatlarining yozilishi va rivojlantirish xaritasining yuritilshi bo‘yicha maslahatlar berildi.

Ota-onalar badal puli bo`yich qarzdorlikni yopish maqsadida, ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi ishlari bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda ogohlik yuzasidan yo`riqnoma olib borildi. Guruhlarda va MTT xududida tozalash ishlari olib borildi. DMTT oshxonasi va barcha xonalarda tozalik ishlari bajarildi.

Ta’lim tarbiyaviy jarayon ham o’z navbatida samarali tashkil etildi. Bunda bolalar uy sharoitida o’zota-onalari bilan 14yanvar Vatan himoyachilari kun bilan tabriklab chiroyli rasmlar chizib 14-Yanvar bolajonlarimizga Vatanni sevishni uni ardoqlashni va Õz Yurtini himoya qilishni va bu kasb juda mashaqqatli bõlishiga qaramay juda savobli kasb ekanligini bolalarga onlayn tushuntirildi.

Yanvar oyining 3-haftasi men va mening tana azolarim mavzusida bolalar va ota onalar birgalikda tana a’zolariga skalet maketini yasashdi va 5ta muhum tana a’zolarimizni applikatsiya usulida bajarishdi va mavzuni mustahkamlab tana a’zolariga mos she’rlar yodlashdi.

Bu jarayon poydevorini oila bilan xamkorlikda tarbiyachining maxorati va tarbiyasiga tayangan xolda aks ettiriladi. Bu borada tashkilotda turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.Har bir bola o’z qonun qoidalarini yoddan bilmog’i lozim. Tadbir katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida olib borildi. Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad tashkilotda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarini vatanimizga munosib mard va jasur qo‘rqmas qilib tarbiyalash hamda ona Vatanga sadoqat, mexr-muxabbat, ota-onaga xurmat, burch va majburiyatlarini xis qilish kabi insoniy xislatlarini shakllantirishdan iborat. Bu tadbir orqali tashkilotimizning barcha xodimlari va tarbiyalanuvchilari o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
453 -DMTT direktori: Sh.M.Fayziyeva
Yüklə 51,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin