Klaster (Tarmoqlar)usuli Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
1.Katta varog’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi;
2.Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi;
3.Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan bog’lanishlarni belgilash;
4.Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi;
5.Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi.
Aqliy hujum (Breynshtorming) Aqliy hujum- g’oyalarni generatsiya qilish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar (generasiya kiladi). U ishtirokchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag’batlantiradi. «Aqliy hujum»ning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi- yangi g’oyalarni yaratishdir. Bu usul muammoni hal qilayotgan kishilarning ko’proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g’oyalarni yaratishga undaydi. G’oyalar qancha ko’p bo’lsa, ularning hech bo’lmaganda bittasi ayni muddao bo’lishi mumkin.
«Aqliy hujum»ning qoidalari: 1.Fikr va g’oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha qattiqroq aytilishi lozim;
Bildirilgan fikr va g’oyalar takliflar berish to’xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi;
Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Bu usul barcha funksiyalarni bajaradi: lekin uning asosiy vazifasi- muammoni mustaqil tushunish va echishga ta`lim oluvchilarning motivatsiyasini uyg’otishdan iboratdir