Mavzu: Tabiatshunoslikda darslarida darsdan tashqari mashg‘ulotiarni tashkil etish (4-soat) 3 va 4 sinfning tabiatshunoslik o‘quv dasturidan o‘rin olgan atrof olam predmetlari, ularning xususiyatlari, tevarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar meshnatidagi mavsumiy o‘zgarishlar, hayvonot dunyosi kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar.
1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga byerilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi
Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.
3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash
Tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’qitish 3- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali-“Tabiat va odam”, “Tabiat jismlari”, “O'simlik va hayvonot olami”, “Sog’ligimizni saqlaymiz” va “Ekologiya” mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda rivojlanayotgan respublikamizning tabiatini ko’rsatishga ham imkon beradi.
4-sinfda “Tabiatshunoslik”ni o’qitish metodikasi.
Tabiatshunoslikni alohida o’quv predmeti sifatida o’qitish 4- sinfda ham davom etadi. o’quv materiali “Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer -Quyosh sistemasidagi sayyora”, “O'zbekiston-globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning xilma-xilligi”, “O'zbekiston tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat muhofazasi” kabi materiallarni birlashtiradi.
“Atrofimizdagi tabiat” mavzusini o’rgana boshlashda bolalar yozgi topshiriqlaiga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi materialni takrorlaydilar va jonli tabiat, uning asosiy belgilari, jonajon o’lkamizning iqlimi haqida ma'lumotlar olishadi. Keyin “Geografik xarita” mavzusi bilan tanishadilar.