Maktabgacha ta’lim metodikasi


Mavzu: Tabiatshunoslik o‘qitish vositalari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə40/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Mavzu: Tabiatshunoslik o‘qitish vositalari.


Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarini tashkil etilishi, avvalo, unda o’quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga bog’liq.
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim vositadir.
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim byeruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular O’zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o’lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo’yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo O’zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo’ladi.
“Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4-sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil ob’yekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda o’rganish imkonini beradi.
Ko’rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish. Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo’ladi. Atrof olamda o’zini to’g’ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog’liq bo’lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko’cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Model ko’rgazmali qurol sifatida. Tabiatshunoslik darslarida modellar ko’rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo’llaniladi. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi, ularga o’xshash hajmli tasvirdir. Modellarning idrokiy ahamiyati g’oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o’iganilayotgan narsa to’g’risida fazoviy tasavvur beradi
Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi

Vaqti

2-soat (80-daqiqa)

Mashg’ulot shakli

Amaliy

Mashg’ulot vositasi

Chaqiriq, munozara, muammoli izlanish

Ta’lim vositasi

Proyektr, darslik, ma’ruza matni

Dars bosqichlari

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich Kirish (5-daqiqa)

1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi

Eshitadi, yozadi, javob beradi

2-bosqich Asosiy bosqich (70-daqiqa)

1.Mavzu haqida tushuncha beriladi.Теzkorso’rov texnikasini qo’llab, talabalar bilimlarini faollashtiradi
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga byerilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi

Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.

3-bosqiq Yakuniy bosqich (5-daqiqa)

1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash

Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi


Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin