Maktabgacha ta’lim metodikasi


O‘UMning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə2/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

O‘UMning tarkibiy qismlari





BET



1.



Fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlari……………………….




2.



Fan yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar………………………….




3.



Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari………………………………..




4.



Glossary…………………………………………………………




5.



Ilovalar:………………………………………………………….





Fan dasturi………………………………………………………







Ishchi fan dasturi……………………………………………….







Tarqatma material……………………………………………...







Testlar……………………………………………………………







Baxolash mezonlari bo’yicha uslubiy ko‘rsatmalar………….







Boshqa materiallar……………………………………………..







O’UMning elektron variant





FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI


1-MAVZU.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TABIATSHUNOSLIK TASAVVUR VA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI.
Reja:
1. Tasavvur hosil bo’lishi
2. Tasavvur va tushunchalar tafovutlari
3. Tabiatshunoslik tushunchalari
4. Yakka tushunchalar umumiy tushunchalardan farqlanishi
5. Tabiatshunoslik tushunchalarini boshlang’ich sinflarda shakllantirilishi


Tayanch so’z: tasavvur,tushuncha,tahlil,sintez,tabiatshunoslik tushunchalari,taqqoslash.
Tayanch tushunchalar tabiatshunoslik tasavvurlari; tabiatshunoslik tushunchalari; tasavvurning tushunchadan farqi; tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishining boshlang’ich davri; tushunchalarning turlari; yakka tartibdagi va umumiy tushunchalar; tahlil-sintezlash-tafakkur opyeratsiyasi; tushunchalarning rivojlanishida metodik sharoitlar; tushunchalarni amaliyot bilan bog’lanishi.
Tabiatga doir bilimlarni o’rganishda tafakkur asosiy o’rinda turadi. Atrofimizdagi borliqni bilishning 2 turi farqlanadi. Sezish orqali va mantiqiy bilish. Tabiatshunoslik dasturining maqsadi o’quvchilarning tevarak-atrofdagi borliqni kuzatishlari asosida ular haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Olingan tasavvurlar asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’rnatishlari lozim. Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o’zlashtirishini ko’zda tutadi. Ta‘lim jarayonida eng muhim tabiatshunoslik tushunchalarini ajratib yetkazilishi talab etiladi. Tabiatshunoslik tushunchalari - umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan jismlar, hodisalar, jaryonlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir. Xususan “o’simliklar” tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan, muhim belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil mavjudotlar kiradi. Ularning barchasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi va u tirik organzm hisoblanadi.
Tushunchalar tasavvurlardan farqlanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tashqi jism va hodisalarni sezgi a‘zolari vositasida ilg’aydilar, ayrim sifat belgilarini bilib oladilar. Xususan, bola jismning shakli va hajmini sezish orqali bilib oladi, ya‘ni uning ongida aks etadi. Masalan, meva, tarvuz yoki qushni ko’rishi bilan ularning tasviri bola ongida aks etadi. Meva va sabzavotlarning shakli, rangi, mazasini aniqlagach bolada yaxlit tushuncha hosil bo’ladi, bu esa idrokni boshlanishi bilan belgilanadi. Bu tasvirlar xotirada ushlanaib qoladi. Olamni idrok etish jonli mushohada, psixologik tomondan his etish va qabul qilinishni ta‘minlaydi, ular borliq qiyofasini miyaga yetkazadi. Tabiat sirlariga chuqur kirib borish uchun olingan axborotga ishlov berish, uni qayta ishlash kerak.
Tasavvur sezgi organlari faoliyatining, xotiraning mahsuli bo’lsa, tushunchalar esa tafakkur mahsulidir. Ular o’rtasida ijodiy bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish o’y-xayol va tafakkurni yagona fikrlash faoliyati deb hisoblashga imkon beradi. Ular orasida ham farqlar bor: o’y-xayol - bu ilgari qabul qilinganlar orasida yangi qiyofalarni vujudga keltirishdir, tafakkur esa – o’rab olgan olamni umumlashgan holda idrok qilish jarayonidir, ya‘ni tushunchalardir. Bu fikrlar nisbiy bo’lib, har qanday xayoliy fikr ham real borliqni aks ettiradi. Masalan, gulni, qushni, kompasni tasavvur qilish uchun ularga bir qarab qo’yish kifoya. Ular to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq va keng ma‘lumotlar va ularni tizimlashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi. Tasavvurlar ayrim jismlarning qiyofasi bo’lsa, tushunchalar esa biror sinfiga taaluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi.
4-sinfda o’quvchilar har xil tabiiy zonalarning ob-havosi, o’simlik, hayvonot dunyosini, odamlar mehnat faoliyatini o’zlarining yashayotgan tabiiy sharoitlari bilan taqqoslaydilar.
Fikrlashning boshlang’ich materiali bo’lib, jism va hodisalarning xotirada saqlangan qiyofasi xizmat qiladi, ular obrazli tasavvurdir. Lola, binafsha, quyon, bo’ri oson tasavvur qilinadi. Tasavvurlarni biror narsa bilan bog’lash muhimdir. Chunonchi, ko’pincha chiroyli gulni ko’rganda, uni ushlab ko’rging keladi, uning tashqi ko’rinishi uzoq vaqt esda qoladi.
O’quvchi uchun biror narsani butun holda tasavvur qilish qiyin. Uning ongida narsaning ayrim qismlari, parchalari namoyon bo’ladi. Masalan, xaritadan o’quvchi daryoning o’zanini, boshlanishini, quyilish joyini, irmoqlarini ko’radi. Butun daryo esa e‘tibordan chetda qoladi. Kompasga qarab, u qutini, magnit milini ko’radi. Agar o’quvchi biror tabiiy zonani eslasa, unda shu zonaning ob-havosi, o’simliklari va hayvonlarini tasavvur qiladi.
Tushunchalar qanday shakllanadi? Tasavvur bilan tushunchalar orasida keskin chegara yo’q. Tushunchalar muayyan jismlar sinfiga oid umumlashgan mazmunni yoki bilimlarni aks ettiradi. Masalan, “barg” tushunchasi daraxt, buta, o’t o’simliklarda hosil bo’ladigan hamma barglarga taalluqlidir. Tasavvurlar jismlarning muhim xususiyatlarini ko’proq aks ettirishi bilan umumlashadi va tushunchalarga aylanadi. Zyero, tushuncha o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, yohud hosil bo’lgan tasavvurlar ham ular haqidagi tushunchalardan dalolat byermaydi. Tushuncha ko’pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashtirishi sifatida hosil bo’ladi.
Barcha tushunchalar tahlildan boshlanadi. Konkret ob‘ektlar, narsalar fikran belgi va xususiyatlarga ajratiladi, keyin qandaydir biror belgi ajralib chiqadi va mavhumlashtirish boshlanadi, chunki biz bilgan boshqa belgilardan chetlashamiz, narsa va hodisalarni bizni qiziqtirishi nuqtai-nazaridan qarab chiqamiz.
Tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni - faol ijodiy fikrlash faoliyatidir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida “meva” haqidagi tushunchani shakllantirish uchun o’qituvchi o’z stolida mevalarni tizib qo’yadi. O’quvchilarga ularning ta‘riflab berishni taklif qiladi va ular o’z tushunchalarini bayon etadilar:
-Pomidor qizil, dumaloq.
-Bodring yashil, uzunchoq.
-Olma qizil, yumaloq, shirali, yaxshi hidli va mazali.
-Pomidor va bodringning mazasi har-xil.
O’qituvchi: -SHunday ekan, ular bir-biriga o’xshamas ekanda?
-O’xshash - ta‘kidladilar o’quvchilar.
-Nimasi bilan?
-Ularni yechish mumkin. Ular mazali.
-Ammo konfet ham mazali-ku?
-Konfetlar o’smaydi, bu esa o’simlikning bir qismi.
-To’g’ri, - o’qituvchi ma‘qullaydi, - pomidor, bodring, olma, o’simliklarning bir qismi... Lekin barg ham o’simlikning bir qismi-ku? Ana shu ko’rib o’tilgan jismlar o’rtasida qanday umumiylik bor?
O’quvchilar javob berishga qiynaladilar. Lekin savol qo’yildi. O’quvchilar fikrlayaptilar. Ularga yana turtki berish kerak. O’qituvchi pichoqni olib, barcha mevalarni kesadi.
-Men o’ylab topdim, - deydi o’quvchilardan biri, - ularni ichida urug’i bor.
-U o’simlikning qismi, unda urug’ bor.
-Bolalar esingizda bo’lsin, urug’ bo’lgan o’simlik qismi meva deb ataladi.
Keyin o’qituvchi bolalarga boshqa xil mevalarni –g’o’zaning ko’sagi, yer yong’oq va boshqalar. Ko’rsatadi va o’simliklarning mevasi o’xshash boshqa qismlarini, masalan, rediska, lavlagi, sabzini ko’rsatadi va farqlari ochiladi. O’zlashtirilgan bilimlar amaliy jihatdan mustahkamlanadi.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarda ayrim tushunchalarni shakllantirib qolmay, balki sabab va oqibatni, tabiiy hodisalarni o’zaro bog’liqligini tushuna bilish ko’nikmalarini shakllantirish kerak.
1-2 sinflarda o’quvchilar “Atrofimizdagi olam” predmetidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini egalaydilar. Keyingi sinflarda ular tajribalar o’tkazish, kuzatishlar, sayohatlar, amaliy ishlar, paytida tabiat to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi:
1) jismlarni maqsadga yo’nalgan holda qabul qilib olishni tashkil etish;
2) tabiat jismlari to’g’risidagi har bir yangi tushunchani tahlil qilish va barcha jismlardagi muhim belgilarni ajratish.
3) 2-darajali, uncha muhim bo’lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) jismlardan foydalanish lozim.
Kursda tushunchalar umumlashtirish va mavhumlashtirishning darajalari har xildir. Ularning ta‘rifi: mazmuni; hajmi; shu tushunchaning boshqa tushuncha bilan bog’lanishi.
Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatdagi jism va hodisalarning “belgi” va “eng muhim belgisi” farqlanadi. N.I. Kondakov “Belgi - bu barcha narsa va hodisalarning ko’rsatgichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta‘riflash mumkin”, - deb belgilaydi, “Eng muhim belgi - bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi… Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo’lmay qoladi.
Mazmuniga qarab tushunchalar 2 ga - oddiy va murakkabga bo’linadi. Masalan, “Quruqlik yuzasining shakllari” mavzusi bo’yicha murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik) ning ko’tarilgan (tepalik, tog’lar), pasayganligi (tog’ oralig’i - jarlik) dir. Shu paytning o’zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi – tagi-osti, cho’qqili va yon bag’irligidir.
Oddiy tushunchalar jism yoki tabiat hodisalari haqidagi bir elementdan iborat bo’lgan bilimlarni o’z ichiga oladi. Masalan, “fazo yo’li” tushunchasi yer ning osmon bilan bog’lanish yo’li bilan xarakterlanadi. Har bir oddiy tushuncha murakkablashib boradi. Bir elementga qaratilgan oddiy bilimga boshqalari qo’shilib boradi, birlashadi va nihoyat murakkablashadi.
IV sinfda “fazo” tushunchasi bor. U joyning kengligini ham o’z ichiga oladi, qaysiki odam o’z atrofida ko’p narsalarni ko’radi. Keyinchalik “fazo yo’li” (oddiy tushuncha) - fazoning 4 tomoni borligini o’rganiladi (2-oddiy tushuncha) – u harakat natijasida o’zgaradi (2-oddiy tushuncha). Shunday qilib, “fazo” tushunchasi to’ldirilib, “fazo” - bu joy, qaysiki odam o’z atrofini doimo ko’radi. Fazo fazo yo’li bilan chegaralangan. Fazoning 4 tomoni bor: shimol, g’arb, janub, sharq. Fazo va fazo yo’li harakat paytida o’zgaradi. Shu asosda tushunchalar murakkablasha boradi. Tushunchalar hajmiga ko’ra, yakka va umumiy tushunchalarga bo’linadilar. Xususan, tabiatshunoslik kursida “O’z o’lkamizning tabiati”, “Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar” umumiy tushunchalari sirasiga kiradi. Ular hissiy qabul qilish bilan bog’liq bo’lib, alohida tushunchalar va umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham muayyan fanlar mazmuniga mos holda biologik va geografik tushunchalarga ajraladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin