Maktabgacha ta’lim metodikasi


Yakka tabiatshunoslik tushunchalari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə3/77
tarix03.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#151684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Majmua TO\'M 3-KURS -10.01.2021

Yakka tabiatshunoslik tushunchalari. Yakka tushunchalar narsa yoki hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan bog’liq bo’lsa, yakka tushunchalar esa nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi.
O’quvchilar e‘tiborini jismning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya‘ni jismning yakka xususiyatini ta‘kidlash zarur; agar olma daraxti yoki sabzavot o’simligi bo’lsa, unga xos bilimlarning ma‘lum qilish lozim.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirshda umumiy bo’lmagan tushunchalardan umumiy bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, “bo’ri”, “tulki”, “yo’lbars”, “shyer” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bu yer da farqiy xususiyatlar - (tur belgilari): - jun rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlar tashqi ko’rinishida namoyondir. Ularning avlod doirasidagi belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O’quvchilarga avlod doirasidagi belgilarni farqlash uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, “na‘matak, siren, ligustrumlar – buta” degan ta‘rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga “na‘matak, siren, ligustrum – buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar hosil bo’lgan” deyish lozim.
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga e‘tibor berish kerak. Chunonchi, “daryo” umumiy tushunchani shakllantirish uchun daryoni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jaryonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o’qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Qashqadaryo, Chirchiq daryolarini ko’rsatuvchi, ya‘ni yakka tushunchalar berishi kerak. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga o’ng va chap qirg’oqlariga ega). Shu belgilar asosida “daryo” umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig’ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka mintaqa tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho’llar uchun xos o’simliklar (saksovul, qum akatsiyasi, yong’oq) ni bir zonada bo’lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarining yo’qligi, tikanlar bo’lishi) birlashtiradi. Yig’ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o’zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o’simliklar – dafna, magnoliya, choy, kiparis, cho’l o’simliklari – saksovul, qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi.
O’simliklar uchun ularning bir tushunchaga birlashtiradigan mintaqaviy belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o’simliklarini individual xususiyatlarini jadval, sur‘at, gerbariylardan ko’rsatib o’rganish lozim.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent, Qashqadaryo) va umumiy (tog’lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o’simliklar) tushunchalariga bo’linadi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin