Maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash. Musiqa ta’limi kafedrasi o’qiruvchisi : D. Raimova



Yüklə 12,69 Mb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü12,69 Mb.
#169445
1   2   3   4
Lecture - 9 (1)

Applikatsiya turlar idan na’muna

5.Meva va poliz ekinlarining

  • Meva va poliz ekinlarining urug‘(danak)larini yaxshilab yuvish, artish, quritish zarur. Ulariga moslab yasalgan quticha, g‘iloflarga solib qo‘yish kerak.

Applikatsiya turlaridan na’muna

  • Qushlar qanoti katta pat
  • Qushlar qanoti katta pat, tanalarini qoplaydigan pat, par bo‘ladi. To‘plangan patlar yog‘ va har-xil chet narsalardan tozalanadi. Oq patlarni turli ranglarga bo‘yash qiyin emas. Rangli patlardan tabiiy ko‘rinishda foydalaniladi. Patlarni bo‘yashdan oldin yog‘ va boshqa chet narsalardan tozalanadi. Buning uchun uni 10 foizli sovun eritmasiga solib qo‘yiladi. Agarda patlarni bog‘lam qilib bog‘lab, eritmaga solinsa va eritma qaynash darajasigacha isitilsa yanada yaxshiroq bo‘ladi. Patlar ortiqcha qizib ketmasligi uchun uni eritmadan bir necha marta olib sovitiladi.Patlarni eritmadan olib, toza suvda chayiladi va ipga osib quritiladi. Qurigan patlarani bo‘yog‘ining qaynoq eritmasiga solinadi. Ipakni bo‘yaydigan bo‘yoqlardan ham foydalanish mumkin. Maktabgacha ta]lim muassasida patni mo‘y qalam yordamida rangli lak bilan ham bo‘yash mumkin.
  • 2.Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash.
  • Mozaika monumetal dekorativ san’at asari turlaridan biridir. Inkrustatsiya mozaikaning maxsus turi hisoblanadi. Qadim davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materiallariga ko‘ra ham, naqshi va rasmlariga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. O‘rta Osiyoda madrasalar, maschitlar, xukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylandi. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, interer devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi.
  • Tuxum po‘stidan mozaika ishlarini bajarish uchun tuxum po‘sti kerakli ranglarga bo‘yaladi. Yuvib quritilgan tuxum po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bo’yoq qurigandan keyin po‘stni tanlangan rasmga ko‘ra mayda va yirik bo‘laklarga bo‘linadi. Tuxum po‘stidan applikatsiya qilishda shunday tasvirlarni tanlash kerakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak. Kontur qoraqog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
  • Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po‘sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham ish shuhday tartibda davom ettiriladi. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tashlanadi, po‘st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.Bolalarning yoshi va guruhiga qarab, bunday ish odatda eng oddiy kontur-chiziqlardan boshlanadi.
  • Tarbiyachi tomonidan ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiyada alohida e’tibor ob’ekt (eman,qayrag’och, chinor,zarang, akatsiya daraxtlari, hashorotlar, ninachi)lar beriladi. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishadi, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli qilib sodda bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Barglarni to‘kish bu o‘ziga xos himoya turidir, chunki, barglar suvni ko‘p bug‘lantiradi, qishda esa tuproqdan namlik juda kam miqdorda keladi.
  • Kapalakchalar mato, plastilin, qog’ozdan yasalishi mumkin. Tashlandiq oq rangli matodan kapalak tikilib ichi qiyqim yoki paxta bilan to’ldiriladi.Tarang holatda rangli bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Mayda urug’lardan foydalanib yoki chizish orqali,qanotchalar,ko’zchalar hosil qilinadi.Tayyor kapalak oyichoqlarni ko’rib bolalar hursand bo’ladilar.
  • Kichkintoy ustaxonasi"
  • Tabiiy materiallardan "Tizimcha" yasash; kartondan "Stakancha", matodan "Mo‘yqalam artgich". Tabiiy materiallardan "Ninachi va chumoli" yasash kabi.
  • Kuz faslida manzarali daraxtlarning mevalari ham pishib, ko‘chalarimizda, xiyobonlarda daraxtlar ostiga to‘kilib yotibdi. Bilasizmi, bolalar bugungi mashg‘ulotimizda sizlar bi­lan ana shu manzarali daraxt mevalaridan o‘yinchoqlar yasaymiz.
  • ‘Tizimcha yasalishi uchun qalinroq ip olamizda kashtan mevasini teshib, ip o‘tkazamiz. Dastlab bolalar 5 raqami ichida sanashni o‘rganishlari sababli, tizimchaga 5 ta mevani ipdan o‘tkazib chiqiladi/ Bu tizimchani eman, daraxti mevasidan ham tayyorlash mumkin. Agar meva bir oz qurib qolgan bo‘lsa, ozroq suvga solib qo‘yilsa, ustki postlog‘i yumshaydi va tizimchani tayyorlash mumkin bo‘ladi.
  • Bolalarga chiqindi materiallari (ip, shoyi, mo‘yna, polietilen kabilar)dan foydalanib har xil mazmunda applikatsiyalar tuzishng, matolardan o‘yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak qahramonlarining, quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tayyorlash mumkinligi haqida tushunchalar beradi.
  • Bolalar bog‘chalarida "Mohir qo‘llar" to‘garagini tashkil etish va unga iqtidorli bolalarni jalb etish mumkin. Bunda bolalar to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida turli badiiy tabiiy va tashlandiq materiallar, rangli qog‘oz, karton va x.z.lar bilan ishlash usullarini o‘rganadilar. O‘z tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini ham mustahkamlanib boradi.
  • Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tabiiy materiallardan stol yoki tut daraxti, novdalaridan "non savati"ni va savatcha to‘qish archa, dub daraxtining mevalaridan, jo‘xori so‘talaridan o‘yinchoqlar yasashga o‘rgatiladi. Jo‘xori so‘tasining ustidagi po‘stlog‘i, barglaridan eshik ostonasiga yoziladigan gilamcha to‘qish archa daraxtning mevasidan esa toshbaqa, yong‘oq pallasidan kema, dubdan qo‘shimcha manzarali daraxtlarning mevasidan odamchalar, tipratikon yasaladi: ular duradgorlik elimi yordamida qism - qism yopishtiriladi.
  • Shuningdek, zarqog‘ozdan foydalanib, har- xil munchoqlar, devorga ilib qo‘yiladigan sovg‘alar tayyorlash ham mumkin. Uni tayyorlash uslubi quyidagicha tanlangan tasvir zarqog‘ozga chizilib, tasvirdan tashqari joylari sezmaydigan sterjenli ruchka yordamida teshiladi.
  • Bu usul misgarlikdagi chekanka usulini eslatadi. Tayyor bo‘lgandan so‘ng tasvirli zarqog‘oz kartonga qoplanadi va chetlari kartonning orqa tomoniga buklab qo‘yiladi, orqasiga ilgich qilib, osib qo‘yish mumkin. Bu buyumdan bayramlarda, tug‘ilgan kunlarda sovg‘a tariqasida foydalanish qulaydir. Bolalar o‘zlari yasagan o‘yinchoqlarni birgalikda ko‘rib, chiroyli qilib tayyorlaganlarini ajrata oladilar va bu ishni xursandchilik bilan bajaradilar. Bolalarda bu ishlar orqali o‘z mehnatlari natijasidan zavqlanish, mehnatga muhabbat , tejamkorlik, g‘amxo‘rlik kabi his-tuyg‘ular rivojlantirilib boriladi.

E’tiboringiz uchun raxmat !!!


Yüklə 12,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin