Maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash. Musiqa ta’limi kafedrasi o’qiruvchisi : D. Raimova



Yüklə 12,69 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü12,69 Mb.
#169445
  1   2   3   4
Lecture - 9 (1)

Maktabgacha ta`lim muassasalarida tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash. Musiqa ta’limi kafedrasi o’qiruvchisi : D.Raimova

Reja:

  • 1.Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari.
  • 2.Tashlandiq buyumlardan o’yinchoq yasash.

1. Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari

  • O‘zbekiston tabiiy resurslar,foydali qazilmalar, o‘simliklar, qushlar, suvlar, o’ziga xos hayvonot dunyasiga ega bo’lgan boy o‘lkadir. Respublikaning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda foydalaniladigan xom ashyo bo‘lishi bilan bir qatorda,tabiiy material bo‘lib ham xizmat qiladi. Tabiiy materialni bolalar dastlab tarbiyachi rahbarligida sayr vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materialni to‘plash jarayonida bolalar atrofdagi o‘simlik dunyosi, hasharotlar bilan tanishadilar, daraxt barglari, gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, qushlarni patlarini, tabiiy materialni qachon va qanday to‘plash va qanday saqlash lozimligini bilib oladilar.Tabiatni qo‘riqlash, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish,hamamizning burchimiz ekanligi haqida bilim malakalarga ega bo’ladilar.

Tabiiy narsalarni to‘plash va saqlash:

  • Tabiiy materialni butun yil davomida to‘plash lozim, chunki yilning har bir fasli o‘z xususiyatlariga egadir. Erta bahorda lola gulini quritib olish, terak popugini, daraxt va butalarning yosh novdasini, yozda rezavorlarning donalarini, turli gullarni, kuzda daraxtlarning xilma-xil barglari, mevalarini va shu kabilarni to‘plash mumkin.
  • Tarbiyachi-pedagoglar tomonidan tabiiy materiallarni to‘playotgan har bir kishi tabiiy materiallarni tartibli yig‘ish va tayyorlash zarurligini bilishi, barglarni to‘plash jarayonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik qilib sindirmaslik, gul va shu kabilarni o‘ylamasdan zarar keltirish tabiatga nisbatan hurmatsizlik, vahshiylik ekanligini bolalarga tushuntirib boriladi.

  • Tabiiy materiallarni to‘plash va ular bilan ishlash tabiat mashg’ulotlari bilan bevosita aloqadordir. Tabiiy materiallarni to‘plash bo‘yicha uyushtirilgan ekskursiyalarda bolalar tabiatni qo‘riqlash qonunlari bilan amalda tanishadilar. Bolalar atrof-tabiatni shaxsan kuzatishlari, tabiat elementlari va hodisalarini aniq idrok etish asosida ma’lum bilimlarga ega bo‘ladilar. Kichik va o’rta guruh bolalari tabiiy materiallarni dastlab tarbiyachi rahbarligida uyushtirilgan sayrlarda to‘playdilar. Tayyorlov guruh bolalari esa bu ishni mustaqil bajara oladilar.
  • Respublikamiz tabiati, boy, go‘zal va xilma-xildir, shuning uchun o‘z kasbiga qiziqqan va izlash ko‘nikmasiga eg‘a bo‘lgan tarbiyachi-pedagoglar o’z mashg’ulotlarini ko’rgazmali tarzda olib borishlari mumkin.

Yüklə 12,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin